ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Çíà÷åíèå âoñïèòàíèÿ â íàöèîíàëüíîì íàñëåäèè

 

Íèÿçîâà Äèëáàðü Õîëòåìèðîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Milliy asotirlarimiz tarbiya manbai sifatida

 

Niyozova Dilbar Xoltemirovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.

 

Boy tarixiy ma’naviyatga ega xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Bular bizning miliy asotirlarimiz hisoblanadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar takomilligiga ulkan hissa qo‘shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqiimizda azaldan mujassamdir.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 – oktabrdagi 222 – sonli qaroriga muvofiq, 2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturga muvofiq:

-                   nomoddiy madaniy merosni o‘rganish masalalarini oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalarining tegishli fanlar o‘quv dasturiga kiritish;

-                   nomoddiy madaniy meros, uni saqlash va muhofaza qilish tushunchalarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan ijtimoiy fanlar hamda o‘quv dasturlariga kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;

-                   nomoddiy madaniy merosni o‘rganishga qiziquvchi talaba va o‘quvchilar uchun yozgi o‘quv kurslari, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlarni tashkil etish;

-                   -nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va yetkazuvchilarni o‘quv dasturlarini takomillashtirish ishlariga va bevosita o‘quv jarayoniga jalb etish, ularga shart-sharoitlar yaratish;

-                   -yoshlarni nomoddiy madaniy meros bo‘yicha materiallar to‘plash va targ‘ibot ishlariga jalb etish;

-                   oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Xazina”, “Barhayot an’analar” ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish kabi bir qancha masalalar belgilab qo‘yilgan.

Shu bois milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or- nomus, sharm-u hayo, ibo, iffat, betakror fazilatlar va xalqimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, oq ko‘ngillik xususiyatlari ham xalqimiz tomiriga singib ketgan. Bugungi kunda farzandlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh g‘oyalaridan biri qilib qo‘yish lozimdir. Farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz, urf–odat va qadriyatlarimiz asosida hayotga moslashishi, yoshlar tarbiyasidagi katta maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu, qadriyatlar milliy xususiyatlarni o‘zlashtirishni quyidagicha tavsiya etish mumkin:

-                     xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi;

-                     jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el- yurt tushunchalarning muqaddasligi;

-                     ota- ona, mahalla –kuy, umuman jamoaga yuksak hurmat e’tibor;

-                      millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;

-                     kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat, hayot adabiyligining ramzi –ayol zotiga ehtirom;

-                     sabr –bardosh va mehnatsevarlik; halollik, mehr-oqibat.

Xalqimiz azaldan ma’naviy fazilatlarga boy bo‘lib kelgan. Buni xalqimizning noyob asotirlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Jumladan xalq og‘zaki ijodi janrlarida axloq-odob haqida qimmatli g‘oyalar ilgari surilgani, ular oilada bolalarni axloqiy ma’naviy tarbiyalashda milliy qadriyat sifatida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Xalq dostonlaridagi obrazlar bolaning jismoniy baquvvat, botir, olov qalbli, qo‘rqmas, shijoatli va eng muhimi o‘z vatani va yurti uchun jon fido qiluvchi farzandlarini tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, Alpomish, Rustam va shunga o‘xshash o‘zbek o‘g‘loni obrazlarini aytib o‘tish o‘rinlidir. Chunki, bunday qahramonlar obrazidagi ajoyibotlar, g‘aroyib hangomalar ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan voqea va hodisalar bolalarni o‘ziga juda tez rom qilib qo‘ydi, va ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitadi. Xalq qo‘shiqlari bolalarda nafis san’atga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish bilan birga, ulardagi nafosatga bo‘lgan mayl va hissiyotlarni oshiradi. Eng muhimi bolalarda xalq badiiy qadriyatlarini o‘rganishga intilishini tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari asosan “Alla”, “Yor-yor”, “Ulan” kabi bir necha turda shakllangan.        Bola dastavval ona “alla” sini eshitadi. Hatto, qo‘g‘irchoq o‘ynashni uddalay olgan jajji qizlar ham “alla” aytish bilan go‘yo qo‘g‘irchoqlarini ovuntiradilar va shu orqali qo‘shiq olamiga ilk bor qadam qo‘yadilar.    Ona “alla” sining tarbiyaviy roli muhimdir. X asr Markaziy Osiyo xalqlarining mashhur mutafakkiri va tibbiyotning buyuk siymosi Abu Ali Ibn Sino ona “alla” sining tarbiyaviy ahamiyati haqida tarbiyalanuvchilarning talabini qondirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerakligi, chunonchi: biri-bolani sekin-sekin tebratish ikkinchisi: uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa-allalashdir, degan fikrni ilgari surgan. Bundan ko‘zlangan maqsad bolaga milliy madaniy meroslarimizni mazmun va mohiyatini o‘rgatish, ulardan foydalanish orqali bilish faoliyatini faollashtirish, so‘z boyligini oshirish va ravon nutq malakasini egallashlariga xizmat qilishdan iborat.

Umuman xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, pedagogikada oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida o‘rganishga moyilligini va oilaviy tarbiya muammolarini bartaraf etishdagi roli va ahamiyatini hisobga olib, qadriyatlarimizga bo‘lgan ehtiyojini va e’tiborini oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

 

Adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”// Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: Sharq,1997.20-21 b.

2.                  AdizovB.R.O‘qituvchi- ijodiy faoliyat subyekti // Mahorat ko‘zgusi j.2000, ¹ 9-10.28b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.05.2016 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.