ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Èñïîëüçîâàíèå äèäàêòè÷åñêèõ èãð íà óðîêàõ ðîäíîãî ÿçûêà â íà÷àëüíûõ êëàññàõ

 

ßðìàíîâà Þëäóç Áóðèåâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida didaktik o’yinlardan foydalanish

 

Yarmanova Yulduz Buriyevna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.

 

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko’rsatilgan.

Boshlang’ich sinf ona tili o’qitishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslashgan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarishda o’qituvchidan mas’uliyat va pedagogik mahorat talab etiladi. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o’quvchilarni axloqiy, estetik, mehnat, ekologik jihatdan tarbiyalanib boriladi.

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni imloviy savodxonligi oshiriladi, nutqi rivojlantiriladi. Shu bilan birga ona tili ta’limi oldida quyidagi vazifalar turadi:

-                     o’quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish;

-                     o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va ravon bayon etishga o’rgatish;

-                     yozuv qoidalariga rioya qilgan holda yozma nutqini shakllantirish.

Dars jarayonida o’quvchilar bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan gaplar, gaplardan matn tuzishga o’rganadilar. So’zlarni bog’lab gaplar tuzish, so’zlarni butunicha sidirg’a o’qishni o’rganadilar. O’quvchilarga o’qish va yozish birga olib boriladi.

Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilimlar beriladi. Fanning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jarayonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.

Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi.

Ona tili darslarida qo’llaniladigan “So’zdan marjon tizing” didaktik o’yini bilan tanishamiz. Bu o’yinda o’qituvchi o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plamini tavsiya etadi va uyadosh so’zlarni alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. O’quvchilar yozishadi va navbat bilan o’qishadi. Qaysi o’quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o’yin g’olibi bo’ladi. [1]

So’z turkumlarini o’rganishga oid:

Ot so’z turkumiga oid so’zlar: olma, ot, daraxt, gul, mushuk, lola, in

Son so’z turkumiga oid so’zlar: 5 ta, uchala, oltinchi, o’nta

Fe’l so’z turkumiga oid so’zlar: yozdi, kesdi, dedi, o’qidi, bordi.

Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: yashil, shirin, katta, qora, baland.

So’z turkumlarining so’roqlarini o’rganishga oid:

Ot so’z turkumi so’roqlari: Kim? Nima? Kimlar? Nimalar?

Son so’z turkumining so’roqlari: Nechta? Qancha? Nechanchi?

Fe’l so’z turkumining so’roqlari: Nima qildi? Nima qilyapti?

Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: Qanday? Qanaqa?

”Keyingi bo’g’inni top” didaktik o’yini.

Ushbu didaktik o’yinni o’quvchilar guruhi yoki yakka o’quvchilar bilan o’tkazish mumkin. O’qituvchi tomonidan bosh bo’g’in beriladi, shu bo’g’in asosida yangi so’zlar topiladi. Kim tez va ko’p so’z topsa, o’sha guruh yoki o’quvchi g’olib sanaladi. Ushbu didaktik o’yinni klaster usulida ham tasvirlash mumkin:

 

 

Ona tili dars jarayonida bu kabi didaktik o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Darsning samaradorligini yanada oshiradi. Faqatgina o’qituvchi didaktik o’yinlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanishi lozim.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. T.: 2010yil.

2.                  Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topshiriqlardan foydalanish. T.: Musiqa. 2009. 31-bet.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: O’qituvchi. 2010 y.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.05.2016 ã.



[1] Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topshiriqlardan foydalanish. T.: Musiqa. 2009. 31-bet.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.