ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Îá èñòîðèè ìóçûêàëüíîãî èíñòðóìåíòà Ôîðòåïèàíî

 

Àçèçîâ Ôà¸ç Ñàìèåâè÷,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìóçûêàëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Fortepiano cholg’u asbobi haqida

 

Fayoz Samiyevich Azizov,

Qarshi davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi (Uzbekistan).

 

Hozirgi davr cholgu asboblari haqida gapirganda, keng qollaniladigan cholgu asboblardan biri fortepiano cholgu asbobi garbu - sharqda birdek qollanila boshladi. Fortaepiano cholg’u asbobining qay tarzda paydo bo’lganligi haqidagi ma’lumotlarni bilish shu sohaning mutaxasisi bo’lmagan musiqa tinglovchilari uchun ham qiziq bo’lsa kerak.

 Fortepiano[1]- qattiq- sekin ma’nosini bildirib, torli klavishli cholg’u asbobi, Italiyada Kristofori Bartalameo (1709-1711 yillarda) urib chalinadigan mexanizmni o’ylab topib, yasagan.

 Aslida bu cholg’u asbobning tarixi juda qadim zamonlarga, ya’ni, qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ko’paytirish nazariyasining asoschisi Pifagor yashagan davrda monoxord[2] deb nomlanuvchi cholg’u asbobi mavjud bo’lgan. Bu cholg’u asbobi ustiga tor tortilgan uzun ingichka quttidan iborat edi. Bu qutti maxsus daraxt yog’ochidan yasalgani uchun undan chiqadigan tovush baland va o’z tembr xususiyatiga ega bo’gan. Tor quttichaga siljitilmaydigan xarrak bilan qotirilgan, undan tashqari yana bir harakatlantiriluvchi xarrak bo’lib, u torda harakatlantirilib musiqiy tovushni pasaytirish yoki balandlatish uchun xizmat qilgan. Vaqt o’tgan sari bitta tor yoniga boshqa torlar qo’shib borilgan. Bu cholg’u asbobda maxsus noxun (mediator) bilan, ba’zida esa torlarga maxsus tayoqcha, bolg’acha bilan urib ijro etilgan.

 Asrlar o’tib, bu cholg’u asbobi takomillashib bordi. Qutti kattalashib to’g’ri burchakli holatga keladi, bir tomoniga klaviatura[3] joylashtiriladi. Endi cholg’uchi klavishni bosib chaladigan bo’ldi, unga moslangan metal plastinkalar torlarni tirnagan holda tovush hosil qilgan. Bu cholg’u asbobi klavikord[4] deb atala boshlagan. Uni stol ustiga qo’yib, turgan holda ijro etilgan.

 Klavikord cholg’u asbobi XII asrda paydo bo’lib, besh asr davomida bir qancha davlatlarda yashaydigan ustalar uni takomillashtirishga harakat qilishgan. Musiqa tovushlari kuchli, qattiq chiqishi uchun har bir klavishga bir necha tor qo’shilgan va quttining hajmi kattalashgan.

 Vaqt o’tishi bilan klavikordda bir nechta klaviatura jovlashtirilgan, har bir klaviatura cholg’u asbobi ovoz diapazonini kengaytirishga hamda kuchaytirishga xizmat qilgan. Bu harakatlar ham cholg’u asbobi ovozini kuchaytirishga xizmat qila olmadi. Klavikord qimmatbaho yog’ochdan, bezakli qilib yasalgani uchun boy-badavlat kishilarning mehmonxonalarini ham bezashga xizmat qilgan.

 XVII asr oxirida Fransiyada pastgi oq klaviaturalar qora daraxtdan qora rangda, yuqoridagilari oq rangda bo’lib fil suyagidan ishlangan. Bunday qilib yasalishining sababi u davrlarda klavishli cholg’u asboblarda ko’proq xotin – qizlar ijro etishgan bo’lib, qora klaviaturalar ustida oppoq qo’lli klavikord chalayotgan xonimlarning jozibali qo’l harakatidan zavqlanish uchun bo’lgan. Ammo bunaqa qora klaviaturalar orasidagi oraliq chiziqlar qorishib ketib, ko’rinmas va cholg’uchiga qiyinchilik tug’dirar edi. XVIII asrga kelib klaviaturalar rangi hozirgi fortepianodagidek joylashtirila boshlagan.

 Klavikord bilan bir vaqtda unga o’xshash yana bir klavishli cholg’u asbobi taraqqiy eta boshlab, u har xil: klavitsimbal[5], chembalo[6], virdjinel[7], klavesin[8] kabi nomlar bilan atalar edi. Oxirgisi juda keng tarqalib boshqa har xil ko’rinishdagi shunaqa cholg’u asboblarni bir umumiy nom bilan atalishiga olib keldi.

 Klavikorddan farqli, klavisinda torlar har-xil uzunlikda bo’lgan va bu o’zgacha shakl ko’rinishli royal cholg’u asbobi ko’rinishiga o’tdi.

 Klavisinda tovushlar urib emas, balki tirnab hosil qilinar edi. Tovushni hosil qiladigan moslama qushlar qanoti patlaridan yasalgan. Klavisinchi ijro davomida tovushlarni qattiq yoki pastlata olmas edi.

 Klavishli cholg’u asbobi ustalari izlanishda bo’lishdi va 1711 yilda Italiyaning Padua shahrilik usta Kristofore Bartalameo yangi cholg’u asbobi kashf etdi. Unda tovush yog’och bolg’achalar orqali hosil qilindi. Endi cholg’uchi bu cholg’u asbobda qattiq va sekin chalish imkoniga ega bo’lgani uchun Fortepiano[9] deb nomlandi. Bu cholg’u asbobda eng muhim detall (qism) ovoz so’ndirgich hisoblanadi. Agar ovoz so’ndirgich bo’lmaganida torlar keragidan ortiq tebranib musiqa o’rnida faqat shovqin eshitilgan bo’lar edi. Fortepiano cholg’u acbobida ikkita pedal o’rnatilgan bo’lib, biri tovushlarni to’xtatish, ikkinchisi esa sadolantirishga xizmat qiladi.

 XIX asrga kelib Fortepiano cholg’u asbobining asosan ikki ko’rinishi paydo bo’ldi: gorizantal ko’rinishdagi – royal[10] va vertical ko’rinishli pianino[11]. Royaldan, katta konsert zallarda konsertda to’liq hajmli kuchli musiqiy ohangni sadolantirish uchun foydalanilsa, pianinodan sekin, bo’sh eshitsa ham bo’ladigan xonalarda foydalaniladi.

 Hozirda fortepiano cholg’u asbobidan Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida, Musiqa va Sana’t maktablarining barcha xalq cholg’u asboblarini o’qitishda, San’at va madaniyat kollejlarida, oliy o’quv yurtlarining musiqa yo’nalishlarida ushbu cholg’u asboblaridan keng foydalanilmoqda.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.                  A. Ë.Îñòðîâñêèé Ñïóòíèê ìóçûêàíòà èçä: “Ìóçûêà” Ïåòåðáóðã. 1969 400-ñòð.

2.                  Ë. Ìèõååâà Ìóçûêàëüíûé ñëîâàðâ ðàññêàçàõ. Ì: 1968 174-ñòð.

3.                  I. A. Akbarov Musiqa lo’g’ati T., G’ G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1987 445-bet.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 12.07.2016 ã.



[1] Fortepiano it. Forte-piano-qattiq-sekin.

[2] Monos-yun.bir, chorde-tor.

[3] Lotin tilidan clavish- kalit.

[4] Lotin tilida clvish va Grek tilida chorde.

[5] Germaniyada .

[6] Italiyada.

[7] Angliyada.

[8] Fr.klavesin - XVI –XVIII asrlarda qo’llanilgan torli-klavishli tirnama cholg’u asbobi.

[9] It. Forte-piano – qattiq – sekin – torli klavishli urma cholg’u asbobi.

[10] Fr. Royal – qirolniki, qirolga mansub.

[11] It. Pianino – kichik pianino.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.