ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Îñîáåííîñòü ïåäàãîãè÷åñêîãî ïðîöåññà â âîñïèòàíèè ó ìîëîä¸æè îáùåíàöèîíàëüíûõ öåííîñòåé

 

Îðèïîâà Íîäèìà Õàëèëîâíà,

äîöåíò êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ,

¨çèåâà Óìèäà Ëóòôóëëàåâíà,

ñòàðøèé ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ.

Êàðøèíñêèé ãîñóäàðñòâåííûé óíèâåðñèòåò, Óçáåêèñòàí.

 

Yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti,

Yoziyeva Umida Lutfullayevna,

Qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

 

Ushbu maqolada yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritilgan bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni oldiga quyiladigan maqsadning aniq va to‘g‘ri bo‘lishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada umummilliy qadriyatlarni talabalarga o‘rgatishda ta’lim jarayoni oldiga qo‘yiladigan vazifalar ham ko‘rsatib berilgan.

 

Bugun qay bir sohaga nazar tashlamaylik, u zamonaviylik va o‘ziga xoslikni talab qilmoqda. Xuddi shuningdek, pedagogik jarayon ham ushbu talabdan mustasno emas. Ayniqsa, shiddatkor zamonda voyaga yetayotgan yoshlarimiz ehtiyoj va qiziqishlarining cheki va chegarasi yo‘q. Negaki, ular fan-texnika yuksalib borayotgan, axborotlar yashin tezligida tarqalayotgan, shuningdek, inson ongi va ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘payayotgan bir davrda yashamoqdalar.

Demak, biz pedagoglar bugun yoshlarimizning ehtiyoj va qiziqishlariga mos dasturlarni ishlab chiqishimiz, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali usul va metodlardan foydalanib, ko‘zlagan maqsadimizga erishishimiz mumkin. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, ta’lim-tarbiya jarayonida bir xillilikdan foydalanish talabalarni o‘qishdan bezdirib, ularda befarqlik, beparvolik kayfiyatini o‘yg‘otadi. Ushbu befarqlik ularning kelajakdagi faoliga ham o‘z ta’siri ko‘rsatadi. Yà’ni bunday tarbiya topgan talaba zukko, qobiliyatli, tashabbuskor o‘qituvchi bo‘la olmaydi. Ayniqsa, u kasbiy mahoratni puxta egallamaganligi bois faoliyati jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Shu bois biz pedagoglar nafaqat yaxshi mutaxassis, balki, zamonaviy usul va vositalardan foydalana bilish ko‘rikmasiga ega bo‘lishimiz darkor.

Ana shu jihatlarni hisobga olganda biz tadqiq etayotgan muammo yuzasidan talabalarning o‘quv mashg‘ulotlariga qizishlarini oshirishda quyidagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bular sirasiga quyidagilarni kiritamiz: videoproyektor, elektron doska, didaktik materillar, kompyuter, lingafon, laboratoriya uskunalari, darsning texnologik xaritasi, ilyustratsiyalar, darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqalar.

Boshqacha qilib aytganimizda ushbu vositalar o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ularning vazifalari esa quyidagilar bilan izohlanadi:

1. Ta’limning texnik vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali namoyish etish, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; o‘quvchilarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi o‘zlashtirishlariga imkon beradi.

2. Yordamchi ta’lim vositalari – grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. boshq.

3. O‘quv-uslubiy materiallar – darslik, o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi.

Yoshlarning umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda o‘qituvchidan ham bir qancha xususiyat egasi bo‘lishlik talab etiladi. Bular:

1. O‘z kasbi, dars berayotgan fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;

2. Qadriyatlar nazariyasi va ularning inson hayotida tutgan o‘rni bilishi,

3. Axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasi;

4. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi to‘g‘risida bilim va ulardan foydalana olish ko‘nikmasiga;

5. Pedagogik mahoratni egallagan bo‘lishi kabilar.

Bizga ma’lumki, talabalar asosiy bilimlarni o‘quv mashg‘ulotlarida oladilar. Shu bois o‘qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati, bilim darajasi darsda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har bir o‘qituvchi tashkil etadigan dars mashg‘ulotiga jiddiy tayyorgarlik bilan kirishi, uni san’at asariga aylantira olishi darkor.  

Bizga ma’lumki, har qanday darsning muvaffaqiyati uning maqsadi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq umummilliy qadriyatlarga asoslangan darslarning kafolatli natijaga erishish uchun maqsad ilmiy-metodik talablarga muvofiq aniq qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Bunda maqsadni quyidagicha qo‘yishni tavsiya etamiz:

§     darsning turi, xususiyatidan kelib chiqib, yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda o‘qituvchining maqsadi;

§     o‘rganiladigan bilim mazmuniga muvofiq maqsad;

§     o‘quvchining bilish faoliyatini rivvojlantirishga qaratilgan maqsad;

§     o‘quvchining individual-psixologik, intellektual va shaxsiy rivojlantirishga qaratilgan maqsad.

Shuningdek, umummilliy qadriyatlarni o‘rgatishga qaratilgan zamonaviy darsning samaradorligi o‘quv-meyoriy hujjatlar o‘rtasidagi mutanosiblik: Davlat ta’lim standartlari, dastur, darslik, o‘quv-metodik majmualar orasidagi uzluksizlikka ham bog‘liqdir. O‘qituvchi ular orasidagi uzluksizlikni ta’minlab boruvchi xodimlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchilar ham zamonaviy darslarni tashkil etishda o‘quv-meyoriy hujatlar bilan yaqindan tanishgan, puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Bizga ma’lumki, har bir o‘qituvchi pedagog hisoblanadi. Ya’ni u nafaqat ta’lim beradi, balki tarbiyalaydi ham. Shu bois ustozlar nafaqat talabalarga qadriyatlar to‘g‘risida bilimlar berishi, balki unga amal qilishni ham o‘rgatib borishi darkor.

Shunday qilib oliy ta’lim jarayonida yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi:

1.                  Talabalarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda ular e’tiborini, albatta bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urf-odatlari, millatiga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umummilliy qadriyatlarga qaratish.

2.                  Talabalarni millatlararo hamkorlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda turli millat xalqlarining hayotidan misollar keltirish bilan mamlakatimizdagi tinchlik, farovonlik, ahillik borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, davlat siyosati bilan tanishtirish hamda talabalarda shukronalik hissini tarkib toptirish.

3.                  Dunyodagi barcha millat xalqlari uchun qadrli bo‘lgan ma’naviy va moddiy qadriyatlar to‘g‘risida talabalarga bilim va tushunchalar berish hamda ularni asrab-avaylashga o‘rgatish. Masalan, Amur Temur barpo etgan tarixiy obidalar, turli sajdagoh joylar, Misr ehromlari, Tojmahal, Eyfel minorasi, Yevropadagi qadimgi kutubxonalar va boshqalar.

4. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida talabalar bilan dunyo mamlakatlariga texnik vositalardan foydalangan holda sayohatlar tashkil etish, xalqlarning turmush tarzi, iqtisodi, urf-odatlari, moddiy qadriyatlari, tili, dini va boshqa jihatlari borasida tasavvurlar va tushunchalar hosil qilish.

Shunday qilib, talabalar biz tanlagan mavzu yuzasidan quyidagilarni bilishi shart:

- qadriyatlar va ularning mazmun mohiyatini;

- qadriyatlarning turlari va namoyon bo‘lish shakllarini;

- qadriyatlarning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini;

- qadriyatlarning psixologik-pedagogik asoslarini;

- hozirgi vaqtda qadriyatlarni o‘qitish va shu ruhda tarbiyalashning usul, shakllari, mohiyati va tamoyillarini.

Shunday ekan, yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishga texnologik yondashuvda ham pedagogik ta'lim jarayonini puxta loyihalashtirish va aniq, maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil etish muhim sanaladi. Bu o'rinda dastlab ta'lim maqsadi aniqlab olinadi, muayyan o'quv jarayoni uchun ta'lim uslublari tanlanadi va nihoyat ta'lim jarayoni uzluksiz nazorat qilib boriladi. Texnologik yondashuvga asoslanuvchi pedagogik faoliyatning o'ziga xos murakkabligi shundaki, birinchidan, ta'lim bir butun, yaxlitlik jarayon bo'lib, pedagogik ta'sir shaxsda alohida sifatlarni tarkib toptirishga emas, balki tarbiyani yaxlit olib borish nazarda tutadi; ikkinchidan, shaxsda muayyan sifatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi texnologiyalar ma'lum qismlarga ajratilmasdan, balki o'qituvchining o'ziga xos mahoratiga tayangan holda umumiy texnologik jarayonni tashkil etishga e'tibor beriladi; uchinchidan esa, yaxlit shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon o'qituvchining ijodkorligi, ta'lim qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi.

Zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish ishini yaxlit holda amalga oshirishda quyidagi holatlarga e'tibor qaratiladi:

- talabaning ongi, his-tuyg'usi, xulqiga ta'sir etish;

- talabaning tashqi ta'sir asosida o'z-o'zini tarbiyalashi;

- shaxs tarbiyasi bilan bog'liq barcha sohalarning o'zaro aloqasi;

- shaxsni shakllantirishda aqliy, axloqiy, estetik va boshqa tarbiyaning tarkibiy qismlarining uyg'unligiga erishish;

- shaxsni shakllantirish jarayonining tizimliligi;

- talabalarning bilim darajasini aniqlash.

Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuvda o'qituvchi va talaba o'rtasida hamkorlik, ularning bir-biriga ta'siri hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shaxsni shakllantirishga yo'naltiruvchi uslublar, talaba faoliyatini to'g'ri tashkil etish, pedagogik jarayonda paydo bo'lgan muammolarni bartaraf etish, ijodiy ishchanlik muhitini yaratish, talaba faoliyatini baholash kabi o'quv-biluv ishlari amalga oshiriladi. Ammo ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv – bu hali shaxsni shakllantirishni to'liq hal etadi, degan so'z emas.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, asosiy maqsadimiz talabalarda umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyani shakllantirish ekan, bunda pedagogik jarayon oldiga aniq maqsad qo‘ya olishimiz, ta'lim jarayonini muayyan bosqichlarga bo'lib tashkil etishimiz, shuningdek, bosh va xususiy maqsadlarni amalga oshirishga yordam beruvchi metod hamda usullarni to‘g‘ri tanlay bilishimiz lozim bo‘ladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Mavlonova R. To‘rayeva O, Holiqberdiyev K. Pedagogika. - T.: O‘qituvchi, 2002. – 384 b.

2.                  Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b.

3.                  Nazarov Q. Aksiologiya. Qadriyatlar falsafasi. - T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2004.- 196 b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 27.01.2016 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.