ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ýôôåêòèâíîñòü ïðèìåíåíèå äèäàêòè÷åñêèõ èãð íà óðîêàõ â íà÷àëüíûõ êëàññàõ (íà ïðèìåðå äèäàêòè÷åñêîãî êðîññâîðäà)

 

ßðìàíîâà Þëäóç Áóðèåâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè ïðåïîäàâàíèÿ äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàí.

 

Boshlang’ich sinf darslari jarayonida didaktik o’yinlarni qo’llash samaradorligi (boshqotirma didaktik o’yini misolida)

 

Yarmanova Yulduz Buriyevna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston.

 

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy rivojlanishining o’ziga xos yo’liga o’tdi. Bu esa ta’lim sohasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Chunki, har bir davlatning kelajagi yosh avlod tarbiyasiga bog’liq hisoblanadi. Boshlang’ich sinflardanoq o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashga intilish, bilimlarni o’zlashtirish jarayonida qiziqishlarining shakllanishi kelajakda barkamol shaxs sifatida shakllanishlariga poydevor bo’lib xizmat qiladi. Chunki ta’lim jarayonida kelajakdagi faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.

 Boshlang’ich sinf o’quvchlarida yo’qoridagi aqliy sifatlarni shakllantirish va bilsh jarayonidagi qiziqishlarini oshirish o’qituvchlardan izlanuvchanlik, sabr- bardosh, tinimsiz va fidokorona mehnatni talab qiladi. Chunki, bilimlarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar o’quvchiga og’irlik qilmasligi uchun o’qituvchi ularga bilimga qiziqish uyg’ota bilishi va buning uchun ta’lim jarayonini qiziqarli tarzda tashkil etmog’i lozimdir.

 Boshlang’ich sinf o’quvchilarini darsga qiziqtirish orqali o’quv-biluv mas’uliyatini oshirishda darslar jarayonida turli didaktik o’yin lar va ta’limning ilg’or texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Didaktik o'yinda o'quvchilarning o'zlashtirishini hisobga olgan ta'limiy vazifalarning bo'lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o'yinlarning u yoki bu shaklini yaratar ekan uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to'playdigan turlariga e'tibor qaratishlari lozim.    

 Didaktik o'yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat'iyligidir. Didaktik o’yinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o'yin mantiqi, o'yinning harakati, o'yin qoidasi.

O'yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O'yin harakati jarayonida o'quvchilarning bilish faolligini oshirishga. o'quvchilarning o'z qobiliyatini namoyon qilishga, o'yin maqsadiga erishish uchun o’z bilimi, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi.

O'yin qoidasi o'yin jarayonini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. U o'quvchilar xulqini ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o'yinlarda muhim bir natijaga erishiladi, uning finali tugaganligini bildiradi.

O'yinda muhim bir didaktik maqsad qo'yiladi va bu maqsadga erishilishi o'quvchilarda ma'naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o'yinlarning hamma tarkibiy komponentlari o'zaro bog’liq bo'lib, ulardan birortasining bo'lmasligi mumkin emas.

Didaktik o'yinda o'quvchi qoidalarga rioya qilishga o'rganadi. Chunki qoidalarga rioya qilish o'yin muvaffaqiyatini ta'minlaydi. O'yinda qatnashish jarayonida ijobiy xulqiy sifatlar, tashkilotchilik qobiliyati shakllanadi.

Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik o'yinlarni uch turga ajratish mumkin: predmetli o'yinlar, stol ustida uynaladigan og'zaki o'yinlar.

Didaktik o'yinlar vositasida o'quvchilarda bilimga qiziqishini o'yg'otish uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo'ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq o'yg'onadi, bilimga qiziqish o'yg'onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va mustahkamlash kichik maktab o'quvchilarning o'qishga ijobiy munosabatlarini tarbiyalaydi. Bilishga qiziqishi faqat ta'lim jarayoni natijasiga ijobiy ta'sir qilib qolmay balki tafakkur, idrok, xotira, diqqat kabi psixik jarayonlarning faol rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Masalan: boshlang’ich ta’lim jarayonida foydalaniladigan “Boshqotirma” didaktik o’yinining qo’llanilishi bilan tanishamiz.

Boshqotirma o‘yinini o‘tkazish uchun o‘quvchilar yoshiga mos holda juda sodda ko‘rinishda boshqotirmalar tuzib olinadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib yozadilar. Dastlab boshqotirmalar o‘qituvchi boshchiligida hal etiladi. O‘quvchilarda boshqotirmalarni hal etish ko‘nikmalari paydo bo‘lgandan keyin o‘qituvchi nazorati ostida mustaqil hal qiladilar.

"Boshqotirma" o‘yini o‘quvchilar dumyoqarashini o‘stirish bilan birgalikda ularga so‘zlar imlosini yodda saqlab qolishlariga ham imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarda krossvordlar suratlar asosida ham berilishi mumkin.[1]

Didaktik o’yin jarayonida o’quvchilarning ish faoliyati kuchayadi, ixtiyory diqqati, xotirasi takomillashadi. O’yinda bolalar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni bajaradilar, masalalarni yechadilar, birgalikda jamoa bo’lib ishlaydilar. Bu esa ta’limda samarali natijaga erishishga yordam beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. T. : 2010.

2.                  Pedagogika / prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010,- 400 b.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: O’qituvchi. 2010 y. 263 b.

4.                  Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91 b.

5.                  G’afforova T. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi. Nasaf. 2008.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 31.03.2017 ã.



[1] G’afforova T. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi Nasaf. 2008 y.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.