ISSN 1991-3087
Рейтинг@Mail.ru Rambler's Top100
Яндекс.Метрика

НА ГЛАВНУЮ

Роль эпосов в формировании гуманного воспитания учащихся

 

Ниязова Дильбар Холтемировна,

преподаватель кафедры методики дошкольного и начального образования Каршинского государственного университета, Республика Узбекистан.

 

O‘quvchilarda insonparvarlik tarbiyasini shakllantirishda dostonlarning o‘rni

 

Niyozova DilbarXoltemirovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi о‘qituvchisi.

 

Insonparvarlik - jamiyatda inson qadr-qimmatini o'z o'rniga qo'yish, insonni jamiki mavjudotlarning sarvari deb bilish, uni hurmat qilish, tafakkur, nuqtzabon, oliy hissiy sezgilar sohibi, ongli yashash va mehnat qila oluvchi yagona jonzot ekanligini tasavvur etib e'zozlashdan iborat.Borliqdagi barcha moddiy boyliklar inson uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilishi darkor.

Insonparvarlik - inson tomonidan boshqalarga mehr-oqibat, xayr-saxovat, adolat, insof-diyonat, g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lish demakdir. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash lozim

Maktabda o'quvchilarga tarbiyaviy soat, sinfdan tashqari o'qish darslarida ta'lim berishda tarbiyaga ko'prok e'tibor qaratish darkor. Ayniqsa, hozirgi sharoitda milliy ma'naviyatga, milliy ruh, urf-odat, umumbashariy qadriyatlarga alohida urg'u berish zarur.

Insonparvarlik tarbiyasiga o'tmishda ajdodlarimiz alohida e'tibor berganlar. Jumladan, bobokalon allomamiz Xusayn Voiz Koshifiy insonparvarlik (juvonmardlik) zikrida shunday deydi:

"Ey farzand, agar sen juvonmardlardek harakat qilmoq istasang, dastlab juvonmardlik nima ekanligini bilgin. Bilginki odam ... uch narsa bilan xushnuddir ... bu uch narsaning biri aql, biri rostlik va biri juvonmardlikdir....

Juvonmardlik asl uch narsadir: biri ulkim, aytg'on so'zingni o'zing qilsang, ikkinchisi ulkim, rostlikka g'ilof qilmasang; uchinchisi ulkim, xayr ishni ilgari tutsang. Odamdagi barcha sifatlar bu uch narsaning ostidadir.”

Insonparvarlik odamlardagi axloqiy munosabatlarni xarakterlovchi ma'naviy fazilat bo'lib, mehnatda atrofdagi kishilar foydasi yo'lidagi hatti-harakatlar va faoliyatda namoyon bo'ladi.

 Insonparvarlik odamlarning axloqiy munosabatlarini va jamiyatning shaxsga munosabatini yo'lga solib turadi.

 Insonparvarlik ilk yoshdan boshlab tarbiyalanadi. Bolalarga oilada va maktabda ota-onalarga, qarindosh-urug'larga, ustoz-murabbiylarga, qishloqdosh, mahalladosh, hamshahar va hamyurtlarga nisbatan e'tiborli va g'amxo'rlik ruhi targ'ib etiladi. Bu tushunchaning intihosi yurtdoshlar, vatandoshlar, jamiki insoniyatga, tabiatga nisbatan insonparvarlik munosabatlari bilan yakunlanadi.

O'quvchilarga adolat, yaxshilik, ezgulik tantanasiga ishonch ruhi singdiriladi. Tahqirlanish, adolatsizlik, noahillikka murosasizlik ruhi tarbiyalanadi.

 Taniqli pedagog olim V.A. Suxomlinskiy insonparvarlik haqida shunday degan edi: "Yosh qalblarda yovuzlikka, inson qadr-qimmatining tahqirlanishiga ... qarshi otashin va qatiy murosasizlik bo'lmasa ... ijobiy qarashlarni qaror toptirib bo'lmaydi...".

O'zbek xalq og'zaki ijodining ajralmas qismi hisoblangan dostonlar xuddi shunday insonparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan etnopedagogik manbalar hisoblanadi. Dostonlar xalq og'zaki ijodining keng tarqalgan va yirik namunasi bo'lib, “doston ” so'zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif va maqtov ma'nolarida ishlatiladi. Dostonlar falsafa, axloq, din, badiiy to'qima, fantaziya va botiniy tafakkurga asoslangan xalq donishmandligi mevasidir. Xalq og'zaki ijodining yirik namunasi hisoblangan dostonlarda umumbashariy qadriyatlar mujassam etilgan. Ularda xalqning turmush tarzi, urf odati va an'analari, marosim-udumlari, insoniy va ma'naviy qadriyatlari, diniy e'tiqodlari, orzu-istak va umid-niyatlari, istiqlol va hurriyat yo'lidagi mardonavor kurashlari, vatanparvarligi, ishq-muhabbat yo'lidagi sabr-bardosh va sodoqati, kelajakka ishonch ommabop tarzda bayon etilgan. Bunday fikrlar isbotini "Alpomish", "Murodxon", "Kuntug'mish", "Orzigul", "Oysuluv", "Rustamxon", "Go'ro'g'li", "Shirin bilan Shakar", "Yakka Axmad", "Avazxon", "Vazxon va Bozirgon", "Balogardon" singari dostonlarda ko'rish mumkin.

 Chunonchi, "Alpomish" dostonida oila va yor uchun, urug' va el nomusi uchun, sevgilisini, yor-birodarlarini, yurtini yovuzlikdan qutqarish uchun kurash tavsif etiladi. Insonparvarlik bilan sug'orilgan voqea-hodisalar Hakimbek va Barchinoy, Qaldirgoch va Qorajon, Boybo'ri va Boysari kabi (personajlar) qahramonlar timsolida ochib beriladi. O'quvchida Suxayl kampirning shumliklari nafrat uyg'otadi.

Dostonda Alpomish, Barchinoy, Qaldirg'och, Suqsuroy kabi ijobiy personajlarning (qahramonlarning) mehr-muruvvatga to'la insonparvar to'yg'ularga Suxayl kampir Qalmoq yurti yurtboshlarining yovuz fikrlari qarshi qo'yiladi. Ularning insonparvarlikka zid qarashlari o'quvchida nafrat hissini uyg'otadi

"Murodxon" dostonida insonparvarlik to'yg'ularini tarbiyalashga qaratilgan fikrlar talaygina o'rinlarda uchraydi. Kishining mehrini qo'zg'aydigan, ko'nglini buzib yuboradigan misralar o'quvchini befarq qoldirmaydi. O'quvchi qalbini zabt etuvchi vaziyatlar asar nihoyasigacha kishini o'z ortidan yetaklaydi. Misol uchun, dostonda ota-bobolarimizning sharqona odob-axloqini tasvirlovchi mehmonnavozlik odatlarining badiiy buyoqlardagi kuchli ta'siri tarbiyaviy ta'sirchanligi bilan ajralib turadi.

Insonparvarlikning bunday namunalarini boshqa manbalarda ko'rish, ushbu tahlilni yana davom ettirish, zarur ilmiy pedagogik xulosalar chiqarish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, dostonlar buyuk mamlakatimiz yoshlarida rasmana insonparvarlik hislarini tarbiyalashda g'oyat ta'sirchan vosita bo'la oladi.

 

Адабиётлар рўйхати

 

1.                  Бардаханова С.С. Бурятские сказки о животних. Автореф. дисс… канд. филол. наук. – Л., 1972.

2.                  Саримсоқов Б.И. Эпик жанрлар диффузияси // Ўзбек халқ ижоди буйича тадқиқотлар. – Т.: Фан. 1981. – Б. 160.

3.                  Ўзбек халқ эртаклари. Икки томлик. 1-том. –Тошкент: Ўздавнашр, 1960.

 

Поступила в редакцию 05.04.2017 г.

2006-2019 © Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов.
Все материалы, размещенные на данном сайте, охраняются авторским правом. При использовании материалов сайта активная ссылка на первоисточник обязательна.