ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ïåäàãîãè÷åñêîå çíà÷åíèå ÷åëîâå÷åñêèõ êà÷åñòâ â ïðîèçâåäåíèÿõ Äæàìè

 

Î÷èëîâ Îãàáåê Íàðçóëëàåâè÷,

ïðåïîäàâàòåëü Êàøêàäàðèíñêîãî ÎÈÏÏÊÐÍO.

 

Jomiy asarlaridagi insoniy fazilatlarning pedagogik ahamiyati

 

Ochilov Og’abek Narzullayevich,

Қàøқàäàð¸ ÕÒÕҚÒÌÎÈ ¢қèòóâ÷èñè.

 

O‘rta asrlar musulmon Sharq olamining buyuk mutafakkirlari qatorida mintaqamiz adabiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida o‘zining boy va bebaho adabiy-badiiy, falsafiy-ijtimoiy, merosi bilan alohida o‘rin tutgan, Movarounnahr va Xuroson zaminida yashab, fors-tojik va o‘zbek mumtoz adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir olim va shoir Mavlono Nizomiddin Ahmad ibn Muhammad Jomiy asarlari keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.

Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod etgan bo‘lsa-da, uning asarlari hozirgi kunga kelib ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Chunki uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar barcha davrlarda eng dolzarb va umuminsoniy xarakterga ega bo‘lganligi sababli necha asrlar davomida o‘rganilib kelinmoqda.

Jomiy asar yaratar ekan unda ajoyib insonparvar hamda vatanparvar shoir sifatida buyuk va muhim ijtimoiy masalalarni hal etish bilan mashg‘ul bo‘ladi. U insonni ulug‘laydi vatan haqida qayg‘uradi. Odamlardagi zararli xulqlarni qoralaydi fitna va fujurni, xudbinlik va ayyorlikni, munofiqlik va aldamchilikni, tekinxo‘rlik va talonchilikni, keskin tanqid ostiga oladi. Shoir bunday illatlarga o‘ralashib qolgan odamlarga halol, vijdonli , insofli, adolat odamlarini, chin insoniy fazilatlarini, ajoyib xulq-odob normalarini qarama-qarshi qilib qo‘yadi.

Abdurahmon Jomiy o‘zidan oldin o‘tgan donishmandlar ta’limotlariga tayangan holda panteistik dunyoqarashni boyitdi, haqiqiy Borliq - Sof Nur va inson dunyosining, inson ruhiy va jismoniy ko‘rinishlarining o‘zaro munosabati va birligi haqidagi qarashlarni rivojlantirdi. Mutafakkir o‘z qobiliyatini - jismoniy va ruhiy birlik mutanosibligini buzuvchi qusurlarni fosh etishga qaratdi va insonlarni haqiqiy umuminsoniy qadriyat - ahloqiy-ruhiy kamolotga intilishga chaqirdi.

U o‘zining "Lujjatul-asror" qasidasida so‘fiy xulq - axloqi, inson tarbiyasi haqida gap borganda ta’magirlikni qoralab, qanoatli kishilarning oliyjanobliklarini, ularning ma’naviy jihatdan podshoh va vazirlardan ham ustun ekanliklarini madh etib, quyidagi satrlarni bitgan:

Tome’oya az bahri gu’ma peshi har xas sar nihad,

Qone’onro xanda bar shohu vaziri kishvar ast.

Bu satrning mazmuni quyidagicha :

Ta’magirlar bir luqma uchun boshini xasga qo’yishga tayyor,

Qanoatchilar esa mamlakat shohi va vaziri ustidan ham kula oladi.

Ya’ni ta’magir inson o‘z maqsadiga erishish uchun hatto o‘z qadr – qimmati, or– nomusini ham toptab, maqsadiga erishishga harakat qiladi. Bu esa uni jarlikka boshlab boradi. Boriga shukur qilib, qanoat bilan halol yashayotgan insonlar esa ularning yashash tarzi, qilayotgan ishlarini mazhara qiladilar.

Jomiy yashagan davrda ko‘proq shoh va vazirlar haqida madh etish yoki ularning ochko‘zligi va xalqni og‘ir ahvolga solib qo‘yayotganligi haqida molohaza yuritish o‘sha davr adabiyotining o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri hisoblangan. Biroq o‘sha davrda bo‘lgani kabi yuqori davlat organlarining o‘z lavozimini suyestemol qilishini bugungi kunda ham uchratishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu kabi g‘oyalar na makon, na zamon tanlaydi, bu g‘oyalar o‘lmas, umuminsoniy qadriyatlar bo‘lib nihoyatda yuksak ahamiyatga ega. Ayniqsa bugungi murakkab hayot tarzidan foydalanib, ta’magirlik bilan kun kechirayotgan kimsalar ko‘payib borayotgan bir davrda, Jomiyning faylasufona fikrlariga murojaat qilmasdan ilojimiz yo‘q. Bunday hayot tarzini tanlagan kimsalar Jomiy aytganidek, boshini xas qo‘yish ya’ni jinoyatga qo‘l urishi va oxir oqibat o‘z hayotini o‘zi barbod qiladi. Jomiy fikricha, inson halol va pok yashashi, buning uchun esa u bir kasbga ega bo‘lishi, o‘z mehnati hisobiga kun ko‘rishi zarur:

Mardi kosib kaz mashaqqat mekunad kafro durusht,

Bahri yaohamvoriyai nafsi dag‘al hongar ast.

Bu satrning mazmuni quyidagicha :

Kosib odam mehnat tufayli qo‘lini qavartiradi,

Bu qo‘ldagi dag‘al esa nafs g‘adir-budurini tekislovchi randadir.

Bu baytda Jomiy mehnatsevarlik g‘oyalarini ilgari surib, inson halol mehnat qilib yashashi, biror kasbning yetuk mutaxasisi bo‘lishi va shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topishi lozimligini nazarda tutadi.

Jomiy dunyoqarashida dinlararo hamda mazhablararo urush va nizolar ma’nosizligi, insoniylik mohiyatiga, aqlga zidligi haqidagi g‘oyalar ham mavzud. U bu kabi urushlarga nafrat bilan boqqan va qattiq qoralagan. Jomiy birodarlik, tenglik, tinchlik, ahllik g‘oyalarni targ‘ib va tashviq etadi. Har xil tilda so‘zlashuvchi yo har xil mazhabga mansub bo‘lgan xalqlar, qabilalar o‘rtasida adovat qo‘zg‘ovchi-taraqqiyotning ashaddiy dushmanlariga, nifoq yaratuvchilarga g‘azab bilan xitob qilgan.

Yuqorida fikr yuritilgan Abrahmon Jomiy asarlari insoniy fazilatlarni shakllantirishda mana shunday kuchga egadir. Uning har bir asari insonni befarq qoldirmay chuqur o‘ylashga, mulohaza yuritishga undaydi. Insonlarni halol mehnat qilishga, biror bir kasb sohibi bo‘lib xalqiga, vataniga foydasi tegadigan, uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan shaxs bo‘lishga undaydi.

Xulosa qilib atganda bizning diyorda azaldan milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarak bo‘lib, umuminsoniy qadriyatlar miliiy qadriyatlar negizida ya’ni bizning buyuk allomalarimizning umuminsoniy g‘oyalari asosida shakillangan. Abdurahmon Jomiyning asarlaridagi g‘oyalar fikrimiz dalili bo‘la oladi. Uning asarlari necha asrlar osha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagani ham shu sabablidir.

 

Adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Abdurahmon Jomiy “Bahoriston” T: “Yangi asr avlodi”, - 2007.

2.                  Munavvarov. A. “Pedagogika” –Toshkent, O‘qituvchi, 1996

3.                  Internet saytlari: Ziyonet.uz,  www. Edu.uz. Pedagog.uz.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.10.2017 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.