ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Èñïîëüçîâàíèå òåõíîëîãèé ðåçþìå â ïðåïîäàâàíèè ïåäàãîãè÷åñêèõ íàóê

 

Ìóõàììàäèåâà Ìàíçóðà Ìàðàòîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè ïðåïîäàâàíèÿ äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàí .

 

Pedagogika fanlarini oqitishda rezyume texnologiyasidan foydalanish

 

Muhammadiyeva Manzura Maratovna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston.

 

Milliy mustaqillik tufayli tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan yurtimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirishadigan, manaviy va jismoniy barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu pedagogika fanini ya’ni ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni talab etadi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilindi. Bu esa pedagoglar va pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni yukladi.

Pedagogika fani ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fan hisoblanadi. Pedagogika fanini har bir kishi ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o’rganishi lozim. Chunki bu fan har bir kishi hayotida muhim rol o’ynaydi.

Pedagogika oliy o’quv yurtlari, pedagogika kasb-hunar kollejlarida pedagogika fani ma’ruza, amaliy shakllarda tashkil etiladi. Pedagog talabalar tomonidan fanni mohiyatini chuqur o’rganishlari, asosiy tushunchalarini o’rganishlari uchun ta’lim jarayonida o’quv metodik qo’llanmalar, darsliklar bilan bir qatorda interfaol metodlarni qo’llaydi.

Interfaol metodlarni dars jarayonida qo’llashning samaradorligi quyidagicha:

- o’quvchi faoliyati jadallashadi, o’qituvchi bilan hamkorlikda harakat qila boshlaydi;

- mustaqil fikrlash, ijod etish va o’z fikrini erkin bayon etish ko’nikmasi shakllanadi;

- fanga bo’lgan qiziqishini ta’minlaydi;

- o’zining va o’zgalarning fikrini hurmat qilishga o’rganadi.

Ana shunday texnologiyalardan bo’lgan “Rezyume” texnologiyasining pedagogika fanida tadbiqini o’rganamiz.

Rezyume texnologiyasi murakkab, ko’p tarmoqli mavzularni mazmunini o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo’la mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning alohida elementlari muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. [1]

Texnologiyaning maqsadi o’quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlash va taqqoslashga hamda mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosining yechimini topishga, kerakli xulosa va qarorlash ishlab chiqishga o’rgatadi.

Talabalarni guruhlarga bo’lgan holda seminar, amaliy mashg’ulotlarda keng qo’llash mumkin. Birinchi yo’nalishda yakka tartibda talabalarning mustaqil fikrlarini bilgan holda, ikkinchi yo’nalishda esa guruhlarning umumiy fikrlarini o’rganiladi. Ikkala tartibda ham kelib chiqqan xulosalalar taqqoslanadi. Barcha talabalar yoki guruh a’zolari o’z xulosalarini asoslab berishlari shart hisoblanadi.

Pedagogika fanida masalan quyidagi mavzuda qo’llashimiz mumkin:

 

 1-ILOVA:

TA’LIM METODLARI

An’anaviy metodlar

Interfaol metodlar

Yutuqlari

Kamchiliklari

Yutuqlari

Kamchiliklari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xulosa

 

Xulosa shundan iboratki, pedagogika faniga kiruvchi mavzularni yoritishda “Rezyume” texnologiyasini qo’llash dars jarayonida ijobiy sog’lom muhitni yaratish, talabalarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish va xulosalar chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga zamin yaratadi. O’qituvchi tomonidan kafolatlangan natijaga erishish ko’zda tutiladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Pedagogika / prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010 y.

2.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: O’qituvchi. 2010 y.

3.                  Pedagogika. Asqarova O’ va boshqalar. T.: Talqin. 2008y.

4.                  Ishmuhamedov R. Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. T.: 2013. 35-bet.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 31.03.2017 ã.



[1] Ishmuhamedov R. Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. T.: 2013. 35-bet.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.