ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ïëåêòîðíûå èíñòðóìåíòû ìóçûêàëüíîé êóëüòóðû Õîðåçìà

 

Xorazm mizrobli cholg’ulari

 

Æóìàíè¸çîâ Óìðáåê,

ó÷èòåëü äåòñêîé øêîëû ìóçûêè è èñêóññòâ ¹2 ãîðîäà Óðãåí÷à, Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàí.

 

Ijrochilik sohasida ham Xorazm xalq musiqasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. O’zbekistonning barcha hududlarida keng rasm bo’lgan cholg’u asboblar Xorazmda ham qo’llaniladi. Xorazmda asosiy musiqa asboblaridan tanbur va dutor bo’lib, bundan tashqari doira (dap), nay, chang, g’ijjak, dutor, qo’shnay, surnay, bulamon, rubob, tor (hozirgi torlarga qaraganda ancha boshqacharoq bo’lib, dastasi uzunroq, boshi – quloqlari turadigan joy ancha yo’g’onroq) bo’lgan. Hozirgi kunda Xorazm maqom ansambllari tarkibida barcha o’zbek xalq cholg’ularini uchratishimiz mumkin.

Oldinlari Xorazm mumtoz musiqasining bosh cholg’usi va “kaliti” dutor bo’lgan. Dutor tabiatan “xonaki” (kamer) sadolanuvchi cholg’u. Bunday deyishimizga uning barcha sifatlari to’g’ri keladi: barmoq uchi bilan ohista chalish to’g’rirog’i nozik sado beruvchi ipak torlarni qo’lda yumshoq “silab” tovush chiqarish. Xorazm dutor ijrochiligi haqida ikki og’iz to’xtaladigan bo’lsak: bu o’lkada ikki xil dutor qo’llanilib, ularning birisi kalta, ya’ni uzunligi 97 sm, ikkinchisi uzun, ya’ni bo’yi 130 sm va undan ortiq dutorlardir.

Bu cholg’ular tut yoki o’rik yog’ochidan yasaladi. Ular qovurg’ali – dilma dutor va o’yib ishlangan – qazma dutor deb yuritilgan. Qopqog’i ya’ni dekasi esa tut yog’ochidan yupqa qilib ishlanadi. Dutorlarning ikkalasi ham zir, ya’ni yuqori sozlanuvchi tori kichik oktava re va bom, ya’ni past sozlanuvchi torlari katta oktava sol yoki lya ba’zan qo’shtor qilib ham sozlanadi. Dutor ikki xil sozlanishining sozandalar tilida o’z atamasi bo’lib, bular ochiq torning bir–biriga nisbatan kvinta sozi “Aliqambar duzum”, kvarta sozi “Miskin duzum” deb ham yuritiladi. Dastalaridagi parda boylamlari qo’yning ichagidan tayyorlangan iplar bilan bog’langan. Pardalarning soni ikkala dutorda ham bir xil va diatonik tovushqatorni hosil qiladi.

Xorazmda dutor ijrochiligi o’ziga xos bo’lib, unda o’ng qo’l zarblari rez usulidagi uzluksiz – davomiy ijrosi bilan ajralib turadi. Shuningdek har bir kuchli hissani bo’rttirib o’ng qo’lning to’rt barmog’i va jimjiloqni qopqoqqa tekkizib, tirnab va chertib ijro qilish asosiy hususiyatlaridan hisoblanadi.

Dutorning o’ng qo’l zarblari Xorazmda “dast” deyiladi. Ular o’z ichida kuy va usul bo’laklarini murakkab va eng jozibali jihatlarini birlashtirgan. Keksa sozandalarning aytishlaricha, doira ham usulni dutor zarblaridan o’rganar ekan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Xorazmshohlar davlatida Yusufbek bahodirga teng keladigan dutorchi bo’lmagan ekan.

Xorazmda ushbu cholg’u uchun maxsus dutor maqomlari yaratilgan va ijro qilib kelingan. 2009-yilda R. Boltayev, O. Matyoqubov va H. Aminovlar say’i harakatlari tufayli “Dutor maqomlari” ning kuy va so’z matnlari qayta tiklandi. Xorazm vohasida dutor ijrochiligida Nurmuhammad Boltaev, Yusuf Jabborov, Shuhrat Razzoqov, Mirkarim Karimov, Farog’at Mo’minova, Umid Boltaevlar mohirlik darajasiga erishganlar.

            Tor – Xorazmda rubob deb yuritiladigan cholg’u asbobi to’g’risida ham to’xtalib o’tamiz. Tor Xorazmda XX asrning 20-yillaridan rasm bo’lgan deyish mumkin. Dastlab torning tovushqatorini musiqachilar diatonik qilib o’zgartirganlar. Hozir esa torning 17 bosqichi o’zgarishsiz qoldirilib, ijro etiladigan qo’shiq uchun keraklisi olinadi.[2. 8] Xorazmda oldinlari dostonlar dutor jo’rligida kuylangan bo’lsa XX asrning 30 – yillaridan boshlab, tor asbobi jo’rligida ijro etila boshladi.

O’z davrining mohir sozandalaridan biri Qalandar Do’nmas bo’lgan. U tanbur, dutor, g’ijjak, bo’lamon, santur, rubob, qo’biz, soz(garmon), skripka va hatto fortepianoda ham kuylar ijro etgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Qalandar Do’nmas Xorazmcha torning ijodkori bo’lgan. Kunlardan birida navbatdagi saroy bazmida bir ozarbayjonlik sozanda tor chaladi. Unda yangragan kuy Muhammad Rahimxonning ko’ngliga yoqib tushadi. Xon tezda Qalandar Do’nmasga o’xshash asbob yasab, Xorazm kuylarini ijro etishni buyuradi. Qalandar Do’nmas ko’p o’tmay o’sha tor andozasida yangi asbob yaratadi. Uning parda ovozlarini tanbur va dutornikiga mos qilib bog’laydi. Ushbu cholg’u asbobidan taralgan kuy ozarbayjoncha yo’ldan farqlanib, aynan tanbur va dutorga xos zarb va nolalar taratgan. Bola baxshi ma’lumotlariga asoslanib, musiqashunos O. Matyoqubovning yozishicha, Qalandar Do’nmas yaratgan cholg’u asbobi rubob (tor) kashfiyotchi vafotidan so’ng shogirdi Devon bobo (Abdulla Otajonov) qo’lida qoladi. Shunday qilib, torning yangi bir nusxasi dunyoga keladi. Unga “rubob” deb nom beradilar. Shu tariqa bu cholg’u asbobi nafaqat saroy sozandalari, balki el sozandalari orasida, baxshi va go’yandalar(diniy mavzularda “Suvora” yo’llarini ijro etuvchilar) orasida chalina boshlangan. Xorazm maqomlarini tanburda emas, rubob (tor) jo’rligida ijro etishni mashxur san’atkor Xojixon Boltaev boshlab bergan.

Tor asbobi ikki ya’ni qo’shkosali musiqiy asboblar sirasiga kiradi. Tor cholg’usi ko’p mamlakatlarda: Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Afg’oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va ba’zi arab mamlakatlarida sevib chalinadigan musiqiy asbobdir.

Torning imkonoyatlari shunchalik kengki, yuqorida sanab o’tilgan mamlakatlarning milliy kuylarini tarannum etishda, bu cholg’u bemalol talabga javob bera oladi.

Tor Ozarbayjonda keng tarqalgan bo’lib, hatto o’quv dargohlarida tor o’rganish sinflari bor. Turkiya va Eronda ham huddi shunday. Ayrim olimlar tor bundan taxminan 150 yil burun Eronda yaratilganligi haqida, ma’lumot berishgan. Tarix ashyoviy dalillarga tayanib ish ko’radi. Dalillarga murojaat qilsak, “Qo’sh kosali” cholg’u asboblari mamlakatimizda qadimdan borligi ma’lum bo’ladi.

Ayritomda olib borilgan qazilma ishlari natijasida eramizning birinchi asrlarga oid madaniy yodgorliklar ichida “qo’shkosali” cholg’u asbobi aks etgan yodgorliklar topildi.

Olovuddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) saroyida tor, ya’ni “qo’sh kosali” asbob chalib mashhur bo’lgan ustoz Mahmud haqida tarixiy ma’lumotlar bor.

Temuriylar va Shayboniylar davrida yaratilgan miniatyuralarda tor shaklidagi cholg’ularning aks ettirilganligi, uzoq o’tmishimizda torning Movaraunnahr va Xorazmda bo’lganligi va bu cholg’u sozandalar tomonidan istifoda qilinganligidan dalolat beradi.

Bunday cholg’ularni qadimda “qo’shkosa”, “ikki kallali rubob” deb atashgan. Bu atamalar hozirgacha Xorazm san’ati shinavandalari tomonidan qo’llanadi. [1.17]

Tor Xorazmda sozandalar va suvoralarni ijro etuvchi xonandalar tomonidan qo’llanilib kelingan. XIX asr oxiri va XX asrdan san’atimizning mashhur ustunlari bo’lmish Polli Duzchi, Qurbonnazir Abdullaev (Bola Baxshi), Madrahim Sheroziy, Qalandar Do’nmas, Otajon Devon, Xojixon Boltaev, va Komiljon Otaniyozovlar qo’lida tor bilan suvoriy va dostonlar kuylab, xonandalik qilganlar. Bu an’ana hozirgi kunda ustozlik darajasiga yetgan hofizlarimiz tomonidan davom ettirib kelinmoqda.

So’nggi yillarda esa Xorazmda Hayitboy Bobojonov, Ortiq Otajonov, O’ktam Ahmedov, Rahmatjon Qurbonov, Azamat Otajonov, Og’abek Sobirov, Ochilbek Matchonov, Mansur Otajonov, Feruz Qurbonboyev, shuningdek, Toshkent va Farg’ona vodiysida esa Rustamqori Tursunov, Habibulla Shamsiyev, Rustam Karimov, Ma’murjon Zilolov kabi sozanda va xonandalarimiz tor cholg’usi sadolarining o’zgacha uslubda jarang sochishiga o’z hissalarini qo’shganlar va qo’shib kelmoqdalar.

Ozarbayjon kompozitorlari tomonidan tor va orkestr uchun ko’plab asarlar yaratilgan. X. Xanmamedovning “Konsert”, S. Aleskerovning “Konsert”, “Doimiy harakat”, “Tarantella”; S. Rustamovning “Eskerani”, “Lezginka”, “Oxu, tar” A. Gerayning “Baxchakyurd”, “Qaytagi”; T. Quliyevning “Lezginka”, “Sanada galmaz” kabi ko’plab asarlar shular jumlasidandir. Yurtimizda ham milliy kuylarimiz Farhod Saidov, Ulug’bek Otajonov, To’lqin Jabborov, Ma’murjon Zilolov kabi sozandalar tomonidan tor cholg’usida sevib ijro etilmoqda.

Bugungi kunda ustoz musiqashunos Otanazar Matyoqubov tor cholgusi hususida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  R. Qurbonov “San’atning sirli olami” San’atnoma I Toshkent 2011.

2.                  M. Yusupov “O’zbek xalq musiqasi” VII tom Toshkent 1959.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 17.07.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.