ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ñîâìåñòèìîñòü äóõîâíîãî íàñëåäèÿ Àçèçèääèíà Íàñàôèÿ ñ ñîâðåìåííûì ó÷åáíûì ïðîöåññîì

 

Õàèòîâà Þëäóç Ñàèòîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Aziziddin Nasafiy merosining zamonaviy tarbiya jarayoni bilan uyg‘unligi

 

Xaitova Yulduz Sàèòîâíà,

Qarshi DU maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.

 

Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy (1220, Nasaf — Qashqadaryo — 1305, Yazd, Abarko'h) — buyuk ensklopedik olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - Arabiy ta'limotlarini o'zaro bog'lagan kubroviya mashoyixlaridan biri.

Aziziddin an-Nasafiyning bizgacha bir qator asarlari yetib kelgan bo‘lib, ulardan biri “Zubdatul xaqoyiq” /”Haqiqatlar qaymog’i”/ asaridir. Mazkur asarda olim insonning axloqiy sifatlarga, sabr-toqatli bo‘lishida, ilmi-ma’rifatga ega bo‘lishda avvalo o‘zini o‘zi tarbiya qilmasa befoyda ekanligini ta’kidlaydi. Buni asarda shunday fikrlar bilan ifoda etadi:

Ey darvesh, axloqiy xislatlar-la bezanmagan, o‘zini tanimagan odamlar ko‘p, ammo ular hali komil emas. Go‘zal xislatlar-la bezangan bo‘lib, lekin o‘zini tanimaganlar bor. Bular ham komil emas. Binobarin, insonning kamolotga erishishi tugal axloqqa ega bo‘lish va o‘z-o‘zini tanish bilan amalga oshadi.

Ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy pedagogikada shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mazmun va mohiyati yosh avlodni har jihatdan tarbiyalashda bolaning o‘z imkoniyatlari, iqtidori va qobiliyatlariga asoslanib yo‘nalish berish, kasbga yo‘llash lozimligi ta’kidlanmoqda. Aynan mana shu masala olim asarida ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan: “Ey darvesh, fikr va tadbirlar ta’sir kuchiga ega, ammo insonning himmati (intilishi) va orzusi bu sifatlarga ega emas. Ha, ko‘p donishmand va solihlar farzand tarbiyalaydilar, o‘z bolalarini o‘zlariga o‘xshashlarini xohlab harakat qiladilar. Ammo, yo‘q aksincha, ular (donishmandlarning bolalari) johil va fohish kishi bo‘lib yetishadilar, Ha, ko‘p qissaxon va xushovoz xonandalar bola-chaqa qilib, bolalarini o‘zlariga o‘xshashlari uchun kuch sarflaydilar. Yo‘q, aksincha, ularning bolalari hokimlar va solih taqvodor shaxslar bo‘lib yetishadi. (Demak) odamlarning orzulari va intilishlari ta’siriga ega emasligi aniq.Agar odamning intilish va orzulari ahamiyatli bo‘lganda edi, hech kim qashshoq va bedavo bo‘lmasdi. Hamma boy va badavlat bo‘lar, sog‘lom, baxtiyor yashardi. Ammo yo‘q. Agar kishi ishi ulug‘ himmatlar yo‘lida bo‘lsa, odamlarning faoliyati ta’sirli bo‘ladi. Chunki ulug‘ niyatlar harakat va faolliksiz ham amiyat kasb etmaydi. Binobarin, falon kishini o‘z xohishi bilan dardga giriftor etish yoki faloniy qahrimga uchrab o‘ldi, deguvchi riyokor shayxlar aldaydilar.

Garchi sen to‘g‘ri fikring, xayrli tadbiring, sa’yi-harakatning orqali dunyoviy ne’matlarga erishib, mol-dunyo va mansabga ega bo‘lsang ham, ertaga nima bo‘lishini bilmaysan va bilolmaysan, sog‘u salomat turasanmi, dardga chalinasanmi, ishlaring chappasiga ketadimi, iste’fo kutayaptimi seni - bilishing qiyin. Ertaga qanchadan-qancha shohlar sarnigun bo‘lib, qanchadan-qancha boylar qashshoqlarga aldanadi, qancha qashshoqlar ertaga badavlat bo‘ladi va qancha taxtdan ag‘darilganlar ertaga podshoh bo‘ladi. Bu xuddi to‘lqinlanayotgan dengizday gap, to‘lqin bir naqsh bo‘lib ko‘tariladi, ammo u yo‘qolmasdan yangi naqsh paydo qilib, oldingisini mahv etadi.

Asarda har bir inson maqsadga erishuvi uchun avvalo tizimli va muntazam ravida amaliy harakat(mashq) qilishi lozimligi quyidagi satrlarda o‘z ifodasini topadi:

“Ey darvesh, barcha aybu-nuqsonlarning ildizi ko‘p ovqat yeyishdadir. Ammo parhez deganda bugun oshqozonga siqqancha yeb, ertaga och yurishlikni anglamaslik kerak. Bundan foyda yo‘q, balki buning zarari ko‘proq. Shundaylar borki, bir necha kun kam ovqat yeydilar, ro‘za tutadilar, keyin esa ko‘p ovqat yeydilar. Bu xildagi parhezning foydasi kam, bu salomatlikni yemiradi. Zuxdu taqvo va parhez doimiy bo‘lishi kerak, doimiy bo‘lmasa, maqsadga erishilmaydi. Har bir ishda sobitlik darkor”.

Asarni har bir misrasida pedagogik jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi har bir bola bilan ishlashi, uning o‘ziga xos jihatlarini va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda yondoshuvi talab etilishini ibratli misollar orqali tushuntiradi. Masalan, “Ey darvesh, daraxtning darajalari bo‘lgani kabi odamning ham darajalari bor. Va daraxtning har bir darajasini bildiradigan narsa nima ekani ma’lum. Binobarin, bog‘bonning vazifasi yerni yumshoq holda saqlash, ishlov berish, tikanaklar, yovvoyi o‘tlardan tozalab turish, sug‘orish va daraxtni zararli ta’sirlardan himoya qilib turish kerak, shunda daraxtning hamma va har bir darajasi o‘z vaqtida zuhur etadi.

Soliqlarning ishi ham shunga o‘xshash. Uning zuxdu taqvovariyozati (chinakam) odam bo‘lishga yordam bersin va odamiylikning barcha darajalari to‘liq namoyon bo‘lsin. Solikning istagidan qat’iy nazar, poklik ham, ezgu xulq ham, ma’rifat va irfon ham, sirlarni kashf etish ham va nurning zuhuri ham har biri o‘z vaqtida hosil bo‘laveradi, solik buni sezmaydi va eshitmaydi. Shunga amal qilganlargina buni anglaydilar. Eydarvesh, shundagina solikning ko‘zlari hech qachon ko‘rmagan, qulogi eshitmagan va aqliga sig‘magan, narsalar namoyon bo‘ladi”.

Shuningdek, har bir kasb egasi o‘z mehnati orqali õalqqa, insoniyatga foydasi tegsagina baxtiyor bo‘lishi ta’kidlanadi. Asarda bu quyidagicha ta’riflanadi: “Kimki hamisha odamlarga farog‘at tilasa va odamlar uchun farog‘at keltirsa, o‘sha saxovatli qalb egasidir. Bunday odam hech kimga xizmatini darig‘ tutmaydi, tili, qo‘li, moli bilan o‘zgalar yordamiga shoshiladi.

Asardagi pedagogik fikrlardan oqilona foydalanish, ta’lim-tarbiya bilan uyg‘unlashtirish o‘qituvchi mehnatini samarali bo‘lishini ta’minlash bilan birga o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga ham xizmat qiladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.                  Sulaymonov R.Naxshab-unushlgan tamaddun sirlari. Toshkent, FAN, 2006.

2.                  Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari.Toshkent,Meros”, 2006.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 17.04.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.