ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Èñïîëüçîâàíèå èíòåðàêòèâíûõ ìåòîäîâ â ïðîöåññå îáðàçîâàíèÿ

 

Íèÿçîâà Äèëüáàð Õîëòåìèðîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Boshlangich sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

 

Niyozova Dilbar Xoltemirovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi î‘qituvchisi.

 

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs va jamiyat munosabatlarida uyg‘unlikni vujudga keltirish ehtiyoji mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga ko‘ra, pedagogika fanida shaxsning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradigan o‘quv jarayonini tashkil etishning turli yo‘llarini izlash alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida zamonaviy interfaol usullarini tizimli qo‘llashni talab etadi. Interfaol usullarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu usullar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.

Interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha umumiy metodik tavsiyalar:

1. Ishlash uchun joyni tayyorlash. Sinfni shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtirokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun qulay joylashishlari zarur.

2. Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish.Barcha tinglovchilar har bir nuqtayi nazarga sabrli bo‘lib, so‘z erkinligini hurmat qilishlari kerak.

3. Tinglovchilarning guruhlarga bo‘linishiga jiddiy e’tibor berish.

4. Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo‘lishi kerak.

5. Tinglovchilarning mashg‘ulotga ruhiy tayyorgarligiga ko‘maklashish.

6. Interfaol usullar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak. 4-6 kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin.

Ona tili darslarida qo‘llanishi tavsiya etiladigan interfaol usullar

1.Grammatikani o‘rgatishda quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: Bilaman/bilishni xohlayman/bilib oldim (B/BH/B).

Masalan,

1.                  Ona tilida sifat mavzusi o‘tilishi o‘quvchilarga e’lon qilinadi.

2.                   Mavzu bo‘yicha jadvalning birinchi (bilaman) va iikkinchi (bilishni xohlayman) deb nomlangan qismlarini to‘ldiradilar.

3.                   So‘ngra mavzuga oid material tarqatiladi.Tarqatma material o‘zaro raqib guruhlar tomonidan o‘qib o‘rganilgandan keyin jadvalning uchinchi (bilib oldim) bandi to‘ldiriladi.

4.                  Guruhlar tomonidan to‘ldirilgan jadvallar o‘zaro taqqoslanadi.

 

Bilaman

bilishni xohlayman

bilib oldim

aniqlovchi-aniqlanmish, qaratqich-qaralmish munosabati

-

-

-

-sifat so‘z tartibi

-sifatning imlosi

-

-

-

-

-sifatning o‘ziga xosligini

           

B/BH/B usulining afzalliklari:

Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchanlikni olib borish imkonini beradi.Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.Shuningdek, grammatik mavzuni o‘zlashtirishda “FSMU” va “taqdimot” kabi usullardan foydalanish ham qo‘l keladi.

2.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.(Grammatik mavzu/mashqlar/tarjima)da quyidagi usuldan foydalanish tavsiya etiladi: “Aqliy hujum”, “klaster” va “charxpalak” texnologiyasi.

Grammatik mavzuni o‘zlashtirishda “klaster” usulidan unumli foydalanishimiz mumkin. Masalan, talabalarga hozirgi-kelasi zamon shart istak mayli mavzusi avvalgi darsda o‘tilgan.Ushbu mavzuni “klaster” orqali quyidagicha mustahkamlashimiz mumkin.

1. Doskaga ma’lum bir shakl chizilib, unga mavzu nomi yoziladi.

2. So‘ngra mavzu nomidan kelib chiqqan holda o‘quvchilar tomonidan fikrlar rivojlantiriladi. Masalan, otning yasalishi va ishlatilish o‘rinlari alohida doiralarga yoziladi.

3. So‘ngra otning yasalishi va ishlatilish o‘rinlari alohida tarmoq bo‘yicha yangi doirachalarda aks ettiriladi.

4. Jarayon fikrlar yakuniga yetgunga qadar davom etadi.

            Umuman, interfaol metodlar ma’lumotlar xaritasini tuzish omili, bilimlar faollashuvini ta’minlash, mavzu bo‘yicha fikrlash jarayonida yangicha g‘oya taqdim etish, shuningdek, mavzuga ochiq va erkin kirib borishga yordam beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: ’’O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010,- 400 b.

2.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: Oqituvchi. 2010 y. 254-263 b.

3.                  Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 18.04.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.