ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ðå÷åâîå ìàñòåðñòâî è êóëüòóðà ïåäàãîãà

 

Òóêëèåâà Ìàòëóáà Áîêèåâíà,

ñòàðøèé ïðåïîäàâàòåëü Ðåãèîíàëüíîãî öåíòðà ÏÏÊÐÍÎ ïðè Êàðøèíñêîì ãîñóäàðñòâåííîì óíèâåðñèòåòå, Óçáåêèñòàí.

 

Pedagogíèíã íóòқ òåõíèêàñè âà ìàäàíèÿòè

 

Toqliyeva Matluba Boqiyevna

 

Nutq texnikasi tilni, uning qonun-qoidalarini yaxshi tushunish, aniq, ravshan ifodali nutq tuza olish, tilning ifodaviy vositalaridan mazmuniga, uslubiga kora nutqiy vaziyatga qarab orinli foydalana olish mahoratidir.

Pedagoglarga har doim ham bor fikrini ifodalash zarur bolavermasligini va qanday gapirish lozimligini unutmaliklari kerak. Eng qimmatli goya, fikr, dastur ham, agar mahoratsiz ifodalansa, ozining qiymatini yoqotadi; mabodo takrorlanaversa, tinglovchini diqqinafas qiladi. Demak, fikrning aniqligi va ravshanligi ifodaning ham shunday bolishini taminlaydi. Donolar talqinicha, til, soz, nutq ravshanligi fikr, hatto tafakkurning shunday bolishi oqibatidir; ravshan fikr esa oz shakli ifodasi ham ravshan bolishini taqozo etadi. Notiq nimani aniq tasavvur etolmasa, uni chalkash gapiradi; noaniq ifoda faqat shunday fikrning namoyon bolishidir.

Oddiygina, yani hammabop, aniq-ravshan, osongina tushunib, eslab qoladigan qilib sozlayotgan notiqqa ergashish avvaliga juda osondek tuyiladi; ammo aslida bundan qiyinroq ish yoq. Pedagog miyasiga aniq fikr kelsa, u ravshan sozlaydi, ammo bu fikrni ongiga singdirib olsa, yanada ravshanroq gapiradi. Pedagog fikridagi xatolar, noaniqliklar nutqdagi xatolarni, ular esa, oz navbatida, ishdagi, amaldagi xatolarni keltirib chiqaradi, oquvchilarni chalgitadi. Pedagog tilining gozalligi, birinchi navbatda, uning aniqligi va mazmundorligidadir. Oddiygina qilib, ravshan bayon etish mumkin bolmagan hech bir fikr, goya yoki talimot yoq. Binobarin, aniqlik nutqning asosiy fazilatidir.

Pedagogning tili, sozi qanchalik oddiy bolsa, shunchalik ravshan boladi; soz qanchalik oz ornida ishlatilsa, nutqni shunchalik kuchli, jozibali va ishonchli qiladi. Buyuk aql sohiblarida oz soz bilan kop mano berish xislati mavjud bolgani kabi, mohir notiq, ustasi farang pedagog ham «oz sozla-yu, soz sozla», degan maqolga amal qiladi. Maqul sozlasang, hech qachon kop sozlamaysan, agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham tinglovchini charchatadi, degan hikmatlarga rioya qilish eng yaxshi fazilatlardandir.

Bunday notiqlarnotiqlik javohirining xuddi ozginasi: salmogiga qarab nur taratadi. Ular asl donolik qisqa ifodalanadi, degan qoidaga boysunadilar. Ulugdramaturglardan biri aytganidek, gap kam joyda uning salmogi kop boladi. Qisqa, lekin ifodali ibora bir bor eshitib anglanadi, tinglovchi xotirasida muhrlanib, uning shioriga aylanadi, uzundan-uzoq mulohazalarda esa bunday bolmaydi.

Nutq madaniyati va notiqlik sanati tarixiga murojaat qilsak, bu mahoratlarda notiqning bilim doirasi hal etuvchi omillardan biri bolganiga ishonch hosil qilamiz. Oz nutqi obyektini yaxshi bilgan, uning mohiyatini puxta anglagan, mavzuni chuqur fahmlagan voizning nutqi muayyan salmoqqa va muqarrar samaraga ega boladi. Pedagog, nutq sozlayotganda mustahkam ishonch bilan gapirsa, sozlar ham quyilib kelaveradi, tinglovchilarni beixtiyor mahliyo etadi. Uning fikri qancha teran bolsa, sozlar ham shu qadar jarangdor, ishonarli boladi. Chiroyli gapirishdan kora orinli, ishonarli gapirish maqulroq. Yurakdan buloqdek otilib chiqqan manaviyat kuchi ehtiros bilan qoshilsa, pedagogni notiqqa aylantiradi.

Nutqning shaxslarga qanday tasir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida ozini qanday tuta bilishi, jest va mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning tinglovchilar tomonidan etibor bilan tinglanishiga sabab boladi. Nutqning tasirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, malum manoda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilatlarini korsatib otish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil etishda natijada tasirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi.

Nutqning mazmuni qanchalik boy, chuqur bolsa, uning shakli ham shunchalik rang-barang bolishi unga munosib jilo, sayqal berilishi, badiiy boyoqlar bilan jozibali qilinishi, tasvirlar bilan boyitishi darkor. Buning uchun hikmatli sozlardan, maqol, sheriy parchalardan, otkir iboralar, tasvir, qiyos va oxshatishlardan keng kolamda, biroq meyorida foydalanishni tavsiya etamiz. Bular nutqning bezagi, korki, sayqalidir. Notiq, shu bilan birga, satira, yumor, istiora, majozlardan oz ornida, badiiy talaffuz bilan, shoirona kotarinki ruhda ishlatsa, uning nutqi tinglovchini oziga maftun etadi, gapi «shirali» boladi, nutqi qiѐmiga yetadi, tasanno va ofarinlarga sazovor boladi. Xulosa shuki, maruza ilmiy, ishonarli, mantiqan izchil, mazmunan boy, shaklan rang-barang bolsagina, unga qoyiladigan eng asosiy talabga javob bera oladi. Pedagog nutqiga qoyiladigan talablardan biri shuki, nutq matni badiiy jihatdan puxta, tili adabiy, sozlari jarangdor, jumlalari yoqimli, gaplari londa, lekin mazmuni chuqur, mano teran bolishi kerak.

Xulosa qilib aytganda pedagog tarbiyachi tabiyalanuvchilarini qiziqtirish, ularga badiiy oziq berish uchun otkir ibora, maqol, ruboiy, hikmatli soz, ifodali tavsiflardan zeb beruvchi vositalar sifatida foydalansin.

 

Adabiyotlar royxati

 

1.                  Husanov B., Gulomov V. “Muomala madaniyatiDarslik. – T.: “Iqtisod moliya”, 2009.

2.                  Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.– T.: OPI, 2003.

3.                  Tolipov O‘., Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliѐt” - T.: Fan, 2005.

 

Ïîñòóïèàëà â ðåäàêöèþ 09.06.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.