ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Òåõíîëîãèè ðàçâèòèÿ èíòåëëåêòóàëüíûõ âîçìîæíîñòåé ó÷àøèõñÿ

 

Àçèçîâà Äèëíîç Þëäàøåâíà,

Òóðàåâà Äèëðàáî Ýðêèíîâíà,

ïðåïîäàâàòåëè êàôåäðû äîøêîëüíîãî, íà÷àëüíîãî è ñïåöèàëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Ðåãèîíàëüíîãî öåíòðà ÏÏÊÐÍÎ ïðè Êàðøèíñêîì ãîñóäàðñòâåííîì óíèâåðñèòåòå, Óçáåêèñòàí.

 

O‘quvchilarning intelektual imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyasi

 

Azizova Dilnoz Yo’dashevna,

To’rayeva Dilrabo Erkinovna,

Qarshi DU XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchilari.

 

Mustaqillik yo‘lidan dadil odimlayotgan O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy sohalarida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani bugungi kunda butun dunyo mamlakatlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday o‘zgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak madaniyat, ma’naviiy kamolot va keng dunyoqarashni talab etadi. Ta’lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish – jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo‘lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo‘lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va boshqa ko‘p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o‘z qo‘li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo‘lishida ham inson omilining o‘rni beqiyosdir. Inson omilini to‘la ishga solish, undan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish bugungi kunda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir.

Bugungi kunda zamonaviy mutaxassisga qo‘yilayotgan talablar:

·                    o‘z sohasi bo‘yicha muammolarni mustaqil hal eta olash, mustaqil fikrlab, muammolarning yangi yechimlarini topa olish;

·                    zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali uchragan muammolarni hal eta olish;

·                    egallagan bilimlari unga qayerda kerak bo‘lishini aniq tasavvur qila olish va qo‘llay olish;

·                    ijodiy ishlay olish, muammolarni hal etish yo‘llarini o‘ylab topa olish, yangiliklar yarata olish;

·                    Ma’naviyati yuksak, o‘zining axloqi, aqliy darajasi, madaniyati ustida ish olib bora oladigan, muloqotga kirishuvchan bo‘lishi kerak.

·                    hamkorlikda ishlash, o‘zaro fikrlar bilan almashishni bilish;

·                    yangi g‘oyalarni o‘rganish, tahlil qilish, mohiyatini anglagan holda qabul qila olish;

·                    mas’uliyatli bo‘lish, har bir harakatini o‘ylab, natijani oldindan prognozlay bilish.

Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar mutaxassislari ishtirok etadilar, lekin bunda ustoz-murabbiylar o‘rni beqiyosdir.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek,“Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko‘ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo‘q, albatta”. 1

Globallashuv davrida ishlab chiqarish tinmay rivojlanadi. Bunday rivojlanishni esa insonlar boshqaradilar. Ishlab chiqarish texnik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, odamzot bor ekanki, u hech qachon to‘xtab qolmaydi. Rivojlanayotgan ishlab chiqarish esa mutaxassislar oldiga yangidan-yangi talablar qo‘yaveradi. Shuning uchun ham davr o‘tishi bilan mutaxasslar egallagan kasbiy fazilatlar katta o‘zgarishlarga uchraydi.

«...Pedagog bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak.» I.A.Karimov.

Hozirgi davrda jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy sohalarda olib borilayotgan tub islohotlar kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Zero, jamiyatning taraqqiyoti unda kamol topayotgan yoshlarning bilimi, intellektual salohiyati, ma’naviy-axloqiy sifatlarning qay darajada shakllanganligiga ko‘p tomonlama bog‘liq.

Intellektual salohiyat, bilim, mustahkam e’tiqod, keng dunyoqarash, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir bo‘ladilar. Bunday insonlarni tarbiyalash umumta’lim maktablarining zimmasiga tushadi. Ayniqsa boshlahg‘ich ta’lim bu sohada katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshlahg‘ich ta’lim ta’limning barcha bosqichlari uchun tamal toshini qo‘yadi. Boshlang‘ich sihfdan boshlab o‘qivchilardagi qobiliyat va imkoniyatlar ko‘zga tashlana boshlaydi. Ularning bu imkonyatlarini asrab-avaylab parvarish qilinsa qobiliyat va imkoniyatlar rivojlanadi va intellektual salohiyatga, yaratuvchanlik va ijodiy ishlash ko‘nikmalarining shakllanishiga sabab bo‘ladi.

 Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdir” mavzusidagi Vazirlar mahkamasining majlisidagi nutqida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan bakamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz,”2 - degan edi. Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta e’tibor ta’lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi olgiga qo‘yilgan muhim vazifalardir.

            Xulosa qilib aytganda zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.         Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yî‘lida.6-tom. –Toshkent: Αzbekiston, 1998. – 429 b.

2.         Karimov I.A.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 8-tom. – Toshkent: Αzbekiston, 2000. – 528 b.

3.         Karimov I.A.Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. “Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.

4.         Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat. 2008, – 176 b.

5.         G’afforova T va boshqalar. Boshlang’ich sinflar ona tili va o’qishdan didaktik materiallar. T.: ”Ilm ziyo”, 2004 y.

6.         www. Pedagog. uz

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 17.10.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.