ISSN 1991-3087
Рейтинг@Mail.ru Rambler's Top100
Яндекс.Метрика

НА ГЛАВНУЮ

Факторы, влияющие на умственное развитие учащихся начальных классов

 

Бекназарова Хадича Суюновна,

Бахритдинова Дилобар Зайнитдиновна,

преподаватели Регионального центра ППКРНО при Каршинском ГУ, Узбекистан.

 

Boshlang`ich sinf o’quvchilarining aqliy taraqqiyoti rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar

 

Beknazarova Hadicha Suyunovna,

Bahritdinova Dilobar Zaynitdinovna,

Qarshi DU huzuridagi XTXQTMOM o’qituvchilari.

 

Bola aqliy taraqqiyotini ribojlantirishda psixologik yondashuvlar o`rni beqiyosdir bunda albatta o`qituvchi ta`lim berish orqali o`quvchilar intelektual salohiyatini oshirish erkin firklashga o`rgatishga alohida ahamiyat berishlari zarurdir. Bugungi kunda mamalakatimizning rivojlanishi va ravnaqi uchun xizmat qiladigan, aqliy rivojlangan, iste`dodli yoshlarni tarbiyalash talab etilmoqda. Shunday ekan ta`lim jarayonini mukammallashtirmay jamiyat talab etayotgan yoshlarni shakllantirib bo`lmaydi.

O`quv faoliyati boladan nutq, tafakkur, qobiliyat rivojlnishi uchun yangi sharoit yaratadi. Maktabga kelgach bola o`z atrofidaglar bilan psixologik jahatdan yangi munosabat tizimiga o`tadi. U o`zining hayotini tubdan o`zgartirishni, unga yangi majburiyatlar, o`quv faoliyati talablariga bo`ysunish, har kun maktabga borishni his eta boshlaydi. Oila a`zolarining bola o`quv faoliyati yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangicha shakldagi munosabat uning ijtimoiy mavqei o`zgarganligini to`la his etishga o`ziga nisbatan munosabatning o`zgarishiga asos bo`ladi. Ta`lim jarayonidagi barcha imkoniyatlar orqali ularning bilimlarni egallsh ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobilayati rivojlanadi, tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi. Bola maktabga qadam qo`yishi bilanoq unga bo`lgan munosabat va talablar orqali o`ziga xos bo`lgan aqliy rivojlanish xususiyatlari uchun imkoniyatlar va shart – sharoitlar yaratish oila, maktab ta`lim tizimiga ulkan ma`suliyat hissini yuklaydi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish o’qituvchi o’quvchilarning xususiyatlarini qanchalik o’rganganiga bog’liqdir. Ta’lim jarayonida har bir o’quvchining psixik dunyosiga oqilona yo’l topa olish muvoffaqiyatlarning garovidir. Ta'lim - tarbiya jarayonida bolalarni hayoti va faoliyatini shunday uyushtirish lozimki bunda bolalarda shaxsning kichik yoshda o`quvchilarda tarkib topgan xususiyatlar toboro boyib va mustahkamlanib boradi. Maktab ta'limini dastlabki yilaridagi qiziqishlar, hususan bilishga bo`lgan qiziqishlar, tevarak atrofdagi olamni bilishga bo`lgan qiziqish ko`proq intilektual qiziquvchanlikni sezilarli ravishda rivojlantiradi.

Psixologlarni ta'kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olinadigan hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo`ladi. O`qish faoliyatida kichik yoshdagi o`quvchilarning aqliy jarayonlari bilish uchun bo`lgan qiziqishlar bilan faollashib qiziqish o`quvchilarning aqliy faoliyati asosida paydo bo`ladi va uning shaxsiy individual xususiyati sifatida o`quvchilarning ana shu aqliy faoliyatini yanada rivojlantiradi. O`quvchilarning qiziqishlari mazmuni, barqarorligi jihatdan hilma –xildir. Keng mazmunli va barqaror qiziqishlar o`quvchilarning yoshligidan paydo bo`la boshlaydi.

Ma'lumki I-II sinf o`quvchilari o`qish jarayonida hamma narsalarga qiziqish bilan munosabatda bo`ladilar. O`zlari o`zlashtirgan faoliyat ularni qanoatlantiradi. Keyinchalik esa sabablarni, qonuniyatlarni hodisalar o`rtasidagi aloqa va bog`liqliklarni bilib olish uchun bo`lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar I-II sinf o`quvchilarini “Bu nima?” – degan savol ko`proq qiziqtirsa, bir muncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun “Nima sababdan?” , “Qanday qilib?” degan savollar muhim bo`lib qoladi. O`qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o`qishga qiziqish yuzaga keladi. Dastavval kitob o`qishga, undan so`ng esa mazmuni o`tkir va qiziqarli bo`lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o`qishga, bundan so`ng qiyin bo`lmagan ilmiy sarguzashtlar haqida kitoblarni o`qishga qiziqish paydo bo`ladi.

I-II sinf o`quvchilarini o`zlashtirayotgan materialni mazmuni, o`qish ishlarining ayrim usullari o`ziga jalb eta boshlaydi. III va IV sinf o`quvchilarining esa mustaqilligi o`sib boradi. Bu yoshdagi o`quvchilar aqliy faoliyat usullari, o`z xotirasi, nutqi, diqqati hamda irodasini o`stirish uchun bog`liq bo`lgan barcha ishlarga qiziqa boshlaydi. IV sinfda o`quvchilar o`zlarining har xil fanga bo`lgan aniq munosabatini ifodalay boshlaydilar. Bu fanlardan ba'zilariga ko`proq e'tibor berib uni yoqtirsalar, ba'zilarini yoqtirmaydilar. O`quvchilar qaysi ishdan ko`proq qanoat hosil qilsalar, shu ishlar ularda qiziqish paydo qiladi. Bola ma'lum ishni bajarayotganda o`ziga bo`lagan ishonchni yo`qotmasligi, o`ziga topshirilgan ishni bajara olishini bilish, buning uchun esa faqat g`ayrat-shijoat, halollik ko`rsatish kerakligini anglashi kerak. O`quvchilarda ta'lim va tarbiya olish, dam olish tartibining to`g’ri uyushtirilishi ham o`quvchilarda qiziqishlarning barqaror bo`lishida muhim ahamiyatga ega.

Ta'lim jarayonida bir xilllik, uzoq cho`zilgan faoliyat ko`p hollarda bolani toliqtiradi, uning faolligini pasaytiradi va hali to`la shakllanib bo`lmagan qiziqishlarni so`ndiradi. O`quvchilarni qiziqishlari kattalarni diqqat e'tiborida bo`lishi lozim. Bolalarni ijobiy qiziqishlari kattalar tomonidan rag`batlantirilishi, quvvatlantirilishi kerak. Ularni qiziqishlarini payqash, uning uchun eng sevimli, doimo o`ziga jalb etadigan faoliyatni e'tiborga olmaydigan o`qituvchi va ota-onalar yomon pedagog va yomon tarbiyachidir.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qishga bo`lgan qiziqishni rivojlanishi to`g`ridan-to`g`ri ta'limning tashkil qilinishiga bog`liq. Shuning uchun o`qituvchi boshlang`ich sinf o`quvchilarida qiziqishlar rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutishlari kerak. O`quvchilarda qiziqishlar, aqliy taraqqiyot rivojlanishi oddiydan murakkabga, ma'lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, tasvirlashdan tushuntirishga, faktlardan umumlashtirishga qarab boradi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xususan o`qituvchining tegishli bahosi bilan aniqlaniladigan bolaning o`qishdagi o`z muvaffaqqiyatlarini qo`lga kiritgan yutuqlarini ichdan his qilish katta ahamiyatga ega. Barcha o`quvchilar bir xil bilimga ega emas, ular turli tayyorgarlik darajasiga ega va bundan boshqacha bo`lishi ham mumkin emas. Shu sababli berilgan materialni bilmaslik past o`zlashtirishning asl sababini ko`rsatmasligi mumkin.

 

Abiyotlar ro`yxati

 

1.                  Voxidov M. “Bolalar psixologiyasi” T.: O`qituvchi. 1982 y.

2.                  Jo'raev S. , F.Qodirov “Kichkintoylar nutqini o'stirish” T.: 2005 y.

3.                  Nishonova Z. Alimova G. “Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish metodikasi” T.: 2006 y.

 

Поступила в редакцию 16.03.2018 г.

2006-2019 © Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов.
Все материалы, размещенные на данном сайте, охраняются авторским правом. При использовании материалов сайта активная ссылка на первоисточник обязательна.