ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Âîñïèòàíèå ãàðìîíè÷íî ðàçâèòîãî ïîêîëåíèÿ â ïðîöåññå ãëîáàëèçàöèè

 

Øîèìîâ Àíâàð Ìàìàðèçàåâè÷,

ïðåïîäàâàòåëü Ðåãèîíàëüíîãî öåíòðà ÏÏÊÐÍÎ ïðè Êàðøèíñêîì ÃÓ, Óçáåêèñòàí.

 

Globallashuv jarayonida barkamol avlod tarbiyasi

 

Shoimov Anvar Mamarizayevich,

Қàðøè ÄÓ ҳóçóðèäàãè ÕÒÕҚÒÌÎҲÌ ¢қèòóâ÷èñè.

 

XX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa uning oxirgi 10 yilligidan boshlab jamiyatdagi axborot hajmlari keskin o’smoqda. Insoniyat sanoat asridan axborot davriga o’tdi, bu esa ko’pgina faoliyat sohalarida sezilarli o’zgarishlarga, dunyoda yagona axborot muhitining shakllanishiga olib keldi. Axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda. Bu esa insoniyat axborotlarni qanchalik tez sur’atlarda o’zlashtirishini taqazo etmoqda. Aks holda axborot eskirib, o’z qiymatini yo’qotadi.

Axborot almashish bo’yicha yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat hayotiga kirib kelishi, davlatlararo axborot chegaralarini buzib tashladi hamda axborot almashish tezligini ming marotaba oshirish va hajmini orttirish imkonini berdi.

Mamlakatning tayanchi va taraqqiyoti kelajak avlod qo’lida ekanligini e’tirof etsak, axborot jamiyat hayotida yoshlarimiz Internet va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning roli qay darajada degan savol tug’ilishi tabiiy hol.

Yoshlarimiz yangilikka intiluvchanlik, zamon bilan hamohang holda bo’lishlikka intilishlarini inbotga olsak, ayniqsa o’quvchi yoshlarimizni ta’lim olish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish roli beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, masalaning ikkinchi tomondan yondashsak, yoshlarimizni ma’naviy yetuk, barkamol bo’lib shakllanishida jarayonida bu sohada yuzaga kelayotgan salbiy jihatlarni borligini ham ta’kidlab o’tish joizdir. Bularga qo’yidagilar ko’rsatish mumkin:

- yoshi nuqtai nazarda axborotni ishonchligini baholay olmasligi;

- axborotni tarqatishning huquq va erkinliklari to’g’risida bilimlariga ega emasligi;

- Internet tarmog’ida odob-axloq qoidalariga muvofiq bo’lmagan (parnografik, tajavuzkorona, jangari, qotillik ruhidagi va boshqa) axborot resurslarining mavjudligi;

- o’zlarini virtual olam kishilaridek, his qilishlari;

- turli xil dasturiy mahsulotlarni foydalanish jarayonida vujudga keladigan noxush holatlarning mavjudligi (tajavvuzkorlik, jangari ruhlari singdirilgan o’yin dasturlarida foydalanish jarayonida);

- texnika vositalaridan (audio, video, fotoapparatlar, telefon va hokazolar) to’g’ri maqsad yo’lida foydalana olmaslik kabilarni ko’rsatish mumkin.

O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi (2003 yil dekabr) Qonuni, Vazirlar Mahkamasining «Milliy tarmoqni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash to’g’risida»gi (1999 yil, fevral), «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2002 yil, iyun) O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida»gi (2005 yil, sentyabr) qarorlarida yuqorida ta’kidlab o’tilgan salbiy omillarining oldini olishga qaratilgan jihatlarni ham ko’rish mumkin.

Ushbu qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda quyidagilarga e’tibor qaratmog’imiz lozim.

- internet tarmog’ida milliy qadriyat va an’analarimizni o’zida aks ettiruvchi veb sahifalar bilan boyitish;

- ta’lim muassasalarini internet tarmog’iga ulashda odob-axloq qoidalariga muvofiq bo’lmagan veb sahifalardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish;

- yosh avlodni tarbiyalovchi pedagoglarni zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng so’ngi yutuqlar va bu sohada to’siq bo’lib turgan muammolar, yechimlar bilan tanishtirish va bilimlarni doimiy ravishda yangilab borish;

- o’quvchilarimizni mantiqan fikrlashga undaydigan ta’limiy dasturiy mahsulotlar bilan boyitish;

- o’quvchilarni zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan to’garaklarni tashkil etish;

- o’quvchi yoshlarimizda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.

Xulosa qilib aytganda axborotlarni globallashuvi jarayonida olib borilayotgan islohatlar yoshlarimizni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom bo’lib shakllanishlariga qaratilgan.

 

Adabiyotlar ro'yxati

 

1. Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovasion texnologiyalar. -T, Iste'dod, 2008, 180 bet.

 

Elektron ta'lim resurslari

 

1.                  O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi rasmiy sayti - www.uzedu.uz.

2.                  O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umum ta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti - www.eduportal.uz, www.multimedia.uz.

3.                  O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo'mitasi sayti - www.aci.uz.

4.                  Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash sayti - www.ictcouncil.gov.uz.

5.                  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayѐrlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sayti - www.xtxmom.edu.uz.

6.                  ZiyoNet axborot ta'lim portali - www.ziyonet.uz.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 16.03.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.