ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ïñèõîëîãè÷åñêèå ïðîöåññû â ìóçûêàëüíîì îáðàçîâàíèè

 

Musiqiy ta`limda psixologik jarayonlar

 

Ïðèìîâ Ðàøèä Òîøêóëîâè÷,

ñòàðøèé ïðåïîäàâàòåëü Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà,

Êàþìîâ Æàâîõèðõóæà Ñîäèêõóæà óãëè,

ñòóäåíò 4-êóðñà Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà.

 

 ñòàòüå îáñóæäàþòñÿ ïñèõîëîãè÷åñêèå çíàíèÿ è êóëüòóðà ó÷èòåëÿ ìóçûêè â åãî ïðîôåññèîíàëüíîì ìàñòåðñòâå.

 

Ushbu maqolada musiqa o‘qituvchisining kasbiy mahorati, psixologik bilimdonligi va madaniyati haqida fikr mulohazalar bildirilgan.

 

Musiqa mohiyatiga ko‘ra inson omilini tadqiq qilish va dunyoni badiiy o‘zlashtirishning muhim usullaridan hisoblanib, inson ruhiy, axloqiy kamoloti va ma’naviyatining shakllanishida, yoshlarning ma’naviy tarbiyasida yetakchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida musiqa psixologiyasini o‘rganish ham zarur bo‘ladi. Chunki psixologik ta’lim bo‘lajak mutaxassisga musiqa san’atining nozik jihatlari va musiqa pedagogikasi borasida bilim olishga yordam beradi.

Musiqashunos olimlarning ta’kidlashicha, musiqa psixologiyasi musiqaviy eshitish qobiliyati, eshitish sezgisining chegaralari, musiqaning lad, ritmikasini his qilish, sezish, musiqaning anglanishi, yodda saqlanishi, ijro etilishi va undan bahramand bo‘lish kabi masalani qamrab oladi. Musiqiy iste’dod va zakovat o‘zining cheksiz imkoniyatlari, mo‘jizaviy tabiati bilan bizni ruhiy holatimizga ta’sir etadi, hayratga soladi va maftun etadi. « Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi».[1]

Insonning ruhiy yoki psixologik holati deyilganda uning his-tuyg‘ulari, kayfiyati, xarakteri, temperamenti, ma’naviy holati deganda esa uning aqliy, axloqiy, huquqiy, siyosiy yetukligini, madaniy saviyasi, mehnatga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi fazilatlari, kasb-kor malakalari, qobiliyatlari tushuniladi.

O‘rta asrlarda Sharqning buyuk mutaffakkirlari, xususan, Forobiy, Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o‘rganish jarayonida bevosita musiqa psixologiyasini ham tadqiq etishgan.

Musiqaning psixologiya bilan bog‘liq yanada qadimiyroq ta’limotlari Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy olimlari, zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da bayon etilgan. Qolaversa, Pifagorning evritmiya, Arastuning mimesis ta’limotlarida ham ushbu jihat muayyan ma’noda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular musiqaning inson ongi, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ulkan ta’sirini ta’kidlab o‘tishgan. Masalan, Aflotun «davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligigiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq»[2], – degan.

Biz bu o‘rinda ushbu holatlarning har biriga ta’rif berishimizga sabab shuki, insonning barkamolligini ta’minlashda ruhiy-psixologik va ma’naviyat holatlari katta o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida musiqa psixologiyasini o‘rganish ham zarur bo‘ladi. Chunki psixologik ta’lim bo‘lajak mutaxassisga musiqa san’atining nozik jihatlari va musiqa pedagogikasi borasida bilim olishga yordam beradi. Ayniqsa, bastakor, ijrochi, musiqashunos, pedagog insonning ichki kechinmalari, uning o‘y va intilishlari, tahliliy hisob-kitob va tasavvurlar parvozi, iroda va xotira, xarakter va qobiliyat, shuningdek, musiqachi va tinglovchi shaxsiyatining boshqa psixologik sifatlarini yaxshi bilishi va yetarlicha aniq tasavvur eta olishi kerak.

“Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini, hohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg‘ulariga faol ta’sir etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir” [3]

Bundan ko‘rinadiki, musiqiy ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning psixologik asoslarini o‘rganish o‘ta muhimdir. Musiqa inson ichki dunyosining hissiyotli tomonlari bilan birga ma’naviy olamini butunligicha ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini, yaxlit qiyofasini yarata oladi. U ruhiy tizim xususiyatlarini ifodalash, milliy ruh holatlarini vujudga keltirish imkoniyatiga ham ega. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa xos bo‘lgan ruhiy tizim xususiyatlari, tuyg‘u holatlari va voqelikni in’ikos etish imkoniyatlari beqiyosligi yaqqol ko‘rinadi. Milliy ruh xususiyatlarini musiqa vositalarida aks ettirish jarayonida xalq musiqa ijodi katta o‘rin tutadi.

O‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixolgik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun o‘quvchilar musiqiy madaniyatini shakllantirish barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilarni diqqatini to‘plash, ularning ham aqliy ham hissiy idrok etishini tashkil etish, xotirasini ijodiy taffakurini rivojlantirish, ularning aqliy, irodaviy va boshqa xususiyatlarini shaklalantirish kabi psixologik jarayonlardan samarali foydalanishga bevosita bog‘liqdir.

Musiqa murakkab psixologik- fizologik jarayon hisoblangani bois musiqa darslarida vokal - xor ishlari, o‘quvchilarni ahloqiy - estetik tarbiya uchun o‘qitishning eng foal shakli sanaladi. Musiqani tinglashda o‘quvchilarning diqqat e’tibori kuchayadi, xotirasi, nutqi rivojlanib, dunyoqarashi shakillanib boradi, faolligi oshib yoqtirgan musiqalarini eshitganda zavqlanish hissi paydo bo‘ladi.

Aytishlaricha, musiqani barcha eshitadi, biroq uni hamma ham tinglab idrok eta olmaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Musiqiy asarning to‘liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi. Ana shu tarzda, tinglash jarayoni tinglovchining tarbiyasi, individual qobiliyatlari va tayyorgarligi bilan ajralmas holat deb xulosa qilish mumkin.

Muxtasar aytganda, musiqani nafaqat san’at turi deb, balki inson psixologiyasini yuksaltiruvchi tabiiy omil sifatida ham o‘rganish zarur. Zotan, musiqa bizni ona tabiatning turli ohang va tovushlari bilan muomala qilishimizga, ularning mohiyatiga yetish va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan ichki dunyomiz mutanosibligini ta’minlashga yordam beradi.

 

Àäàáè¸òëàð

 

1.                  Àñàôüåâ Á. Â. Ìóçûêàëüíàÿ ôîðìà êàê ïðîöåññ. Ë.: Ãîñóä. ìóç. èçä., 1971 ã., c.372

2.                  Êàäûðîâ Ð.Ã. Ìóçûêàëüíàÿ ïñèõîëîãèÿ: Óçáåêèñòàíà.- Ò.: Ìóñèêà, 2005.- 80 ñ.

3.                  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 176-bet.

 

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 02.07.2018 ã.



[1] Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 140-bet.

[2] Êàäûðîâ Ð.Ã. Ìóçûêàëüíàÿ ïñèõîëîãèÿ: Óçáåêèñòàíà.- Ò.: Ìóñèêà, 2005.- 4 ñ.

[3] Àñàôüåâ Á. Â. Ìóçûêàëüíàÿ ôîðìà êàê ïðîöåññ. Ë.: Ãîñóä. ìóç. èçä., 1971 ã., -24ñòð.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.